O'zimni sevardim...... Quvonch emas qayg'uga hamroh bo'ldim Yahshigamas, yomonga gumroh bo'ldim O'zgalarmas, nega aynan men o'ldim? Agar senga o'hshasam, men o'zimni sevardim..... Nasib etdi faqat ayriliq menga Bahtli onlar hamrohdir faqat senga Visol lahzalari nasibdur kimga? Agar senga o'hshasam, men o'zimni sevardim..... Qismatim Zaynabga o'hshab ketadi Kumush ko'zlarimni yoshlab ketadi Otabegim meni tashlab ketadi Agar senga o'hshasam, men o'zimni sevardim..... Laylilar Majnunga yetdi tobora Zuhrolar Tohir deb ketdi tobora Yolg'iz Oysha seni deya ovvora Agar senga o'hshasam, men o'zimni sevardim..... Sensiz yashay olish qo'limdan kelmas Ko'zimdagi yoshku soydagi selmas Sog'inib, sevganim bevafo bilmas Agar senga o'hshasam, men o'zimni sevardim..... Hayr degan edim, alvido emas Dildagi gaplarim bir nido emas Bu dunyoda meni g'amlar ham sevmas Agar senga o'hshasam, men o'zimni sevardim.....