SHERLAR.BIZ Shanba, 20.04.2024, 04:06
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Noyabr » 10 » 9-noyabr kuni Germaniyaning Bremen shahrida karate bo‘yicha 22-jahon chempionati yakunlandi
20:13
9-noyabr kuni Germaniyaning Bremen shahrida karate bo‘yicha 22-jahon chempionati yakunlandi
1970-yildan beri har ikki yilda bir marotaba o‘tkazib kelinayotgan bu yilgi jahon chempionatida 116 davlatdan eng sara tatami ustalari kata va kumite bahslarida medallar jamlanmasi uchun bahs olib bordi. Ular safida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etdi. Qayd etish joiz, shu kungacha o‘tkazilgan jahon chempionatlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari sovrindorlar safidan joy ola bilmagan. Bremenda ham ushbu noxush an’ana davom etdi. Quyida O‘zbekiston terma jamoasining Bremen tatamilarida ko‘rsatgan natijalari bilan tanishishingiz mumkin: 55 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi kumite bahslarida ishtirok etgan Dilnoza Bakirova ilk davradayoq angliyalik Siobxan Xaesga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. 61 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Barno Mirzayeva nisbatan muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 17-Osiyo o‘yinlari sovrindori ikkita bahsda g‘alaba qozondi. U avvaliga gretsiyalik Vasiliki Karaplianguni 5:0 hisobida yengdi, keyin esa serbiyalik Saniya Korkotadan ustun keldi. Ammo uchinchi bellashuvida germaniyalik Silviya Spernerga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. Sperner esa finalgacha mag‘lubiyatsiz yetib borib, kumush medal bilan taqdirlandi. 68 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Zamira Aliyeva ilk davradayoq o‘z ishtirokini to‘xtatdi. Zamira Dominikan Respublikasi vakili Karmen Xarriganga 0:9 hisobida yengildi. +68 kilogramm vazn toifasida o‘tkazilgan bahslarda ishtirok etgan Hilola Badalova AQSh vakilasi Mayya Vasovichga kichik 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida o‘tkazilgan kumite bahslarida O‘zbekiston sharafini Sardor Fayzullayev himoya qildi. U ilk davrada uelslik Lyuk Richardsni 3:1 hisobida yengdi. Lekin ikkinchi bosqichda yaponiyalik Shintaro Aragaga xuddi shu hisob bilan mag‘lub bo‘ldi. 67 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bahslarda tatamiga chiqqan Muhammadzohid Iminov ancha muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U ishtirokini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikkinchi davradan boshladi va dominikanlik Deyvis Ferrerasni 5:2 hisobida yengdi. Keyin avstriyalik Stefan Pokornidan 4:3 hisobida ustun keldi. Muhammadzohid teng kurashlar ostida kechgan bahsda qatarlik Qosim G‘avidelga imkoniyatni boy berdi. Hisob 2:2 bo‘lsa-da, hakamlar qarori bilan keyingi bosqichga Qosim yo‘l oldi. 75 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida tatamiga chiqqan G‘ofurjon Zohidov eng yaxshi natija qayd etgan O‘zbekiston karatechilaridan biri bo‘ldi. 17-Osiyo o‘yinlari bronza medal sovrindori uchta bahsda g‘alaba qozondi. Ammo to‘rtinchisida jazoirlik sportchiga 2:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. 84 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda O‘zbekiston nomidan Shahboz Axatov ishtirok etdi. Shahboz ilk bahsidayoq Ilya Nikulinga yutqazib, muxlislar qatoridan joy oldi. +84 kilogramm vazn toifasidagi karatechilar bahsida Rustam Ashurov tatamiga chiqdi. Lekin u ham ilk davradayoq mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Ashurov quvaytlik Rashid Almutayriga yo‘lni bo‘shatib berdi. Jamoaviy kata bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ishtirok etmadi. Jamoaviy kumiteda esa O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari ilk bosqichdayoq chililik hamkasblariga imkoniyatni boy berdi. Garchi 2:2 hisobi qayd etilgan bo‘lsa-da, qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra keyingi bosqichga O‘zbekiston emas, chililik karatechilar yo‘l oldi.
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 736 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Noyabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz