SHERLAR.BIZ Sheshanba, 15.10.2024, 18:28
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 285
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » May » 26 » 90 FOIZ QIZLAR QANDAY EKAN??? Savolga javob berishga shoshmang!
09:29
90 FOIZ QIZLAR QANDAY EKAN??? Savolga javob berishga shoshmang!
Assalom-u alaykum aziz sayitdoshlar . Internetda chiqarilayotgan mavzularni ùqib turib Akmal Nasafiy isimli ijodkor yozgan mavzusi etiborimni tortdi. Bugungi kunda kuplab munozalarga sabab búlgan bu mavzu sizlarni befarq qoldirmidi degan umitdaman . Marxamad uqib fikirlarizi bildiring .
Internetdagi temalarni o`qir ekanman bir savol aylanib ham, o`rgilib ham fikrimni egallab olaveradi. Bu – qizlar haqida yigitlar so`z ochganda ba`zida uchraydigan gap, ya`ni: "90 FOIZ QIZLAR YOMON” yoki "KO`PCHILIK QIZLAR YOMON” degan gapni qaytarilishi. Bazida umuman tanimagan qizga qarab san telifon ishlatasan intirnetga kirasan demak shular toyifasidan san deb bilmiy gapirishadi Goh u sayitda, goh boshqasida! Endi esa shunday deydiganlarga aytadigan e`tirozlarimga kelsak, bir boshidan izohlashga harakat qilaman, faqat oxirigacha o`qing, erinmang… 1) 90 % yoki deganda nimani tushunasiz? Bu aniq raqam! Demak, 90% bu – 10 ta qizdan to`qqiztasi degani. Endi siz taniydigan 10 ta qizni tanlab oling hayolan. Atrofingizdagi qizlardan: qo`shni, ishxonadagi, o`qishdagi, qarindoshlardan. Qarindoshlar deganim nafsoniyatingizga tegmasin iltimos, shunchaki 10 tadan 9 ta qiz yomon chiqmasligini ko`rsatish niyatim. Ho`sh, tanlab oldingizmi? Endi yaxshilab o`ylab ko`ring. Har kuni sizga salom berib siz haqingizda yomon hayolga bormaydigan hamkasbingiz, yoki sizni ko`zingizga qarashga uyaladigan kursdoshingiz, yoki akajon deb sizni ko`rsa quvonadigan jiyaningiz… Nahotki shu 10 ta qizdan 9 tasi yomon tabiatli, yomon xulqli bo`lsa? Negadir ishonish qiyin… 2) Ho`p mayli, siz aniq raqam aytmadingiz 80 yoki 90 % deb, lekin KO`PCHILIK degan so`zni ishlatdiz. Ko`pchilik deganda nimani tushunasiz? Hisob- kitobdan xabari bor odam uchun ko`pchilik deganda eng kamida 50% dan ortig`ini, ko`pi bilan esa 99 % ni tushunadi. Yana raqamlarga kelib taqaldiku, ana xolos! Nahotki siz tanigan 10 ta qizdan kamida 5 tasi, ko`pi bilan esa 9 tasi yomon tutadi o`zini? Yaxshilab o`ylab ko`ring-a… Yoki ko`cha-ko`yda ketyapsiz tasavvur qiling. Qarshingizdan chiqqan har ikki qizdan biri sizga ko`z qisib yoki "Yaxshi yigit, tanishsak bo`ladimi?” deb e`tibor qilishsa. Yomon qizlar aynan shunday, hayo, iboni sal unutib qo`ygan bo`ladiku, to`g`rimi? Bu holat siz aytgan raqamlarga to`g`ri kelyapti o`ylab ko`rsangiz. 3) Agar siz bu raqamlarni ODNOdagi qizlarga nisbatan aytayotgan bo`lsangiz, yana adashasiz. Chunki Odnoga 1 million o`zbek qizi kirsa shundan 900 mingtasi hech qanaqasiga yomon bo`lishi mumkin emas. Agar shunday bo`lganda edi ODNOda yaxshi mavzularda suxbat qilinadigan gruppalar sanoqli bo`lar edi. Habaringiz bor o`zbek gruppalari ichida 10-20 ming a`zosi bo`lgan gruppalar ko`p. Ularning mavzulari oddiy: hikoyalar, voqealar, sherlar va boshqalar. Siz bilgan yomon qizlar to`planadigan gruppalarda esa juda kam odam yig`ilgan razm solsa. Va u yerdagi qizlarni no`malum qismi "niqobdagi qiz” ya`ni qiz profilidan kirgan yigitlar ekanligi sir bo`lmasa kerak. ("Oy Yuzidagi Dog`lar” gruppasida savolnoma berilgan edi shu mavzuda, topib o`qib ko`ring). Yuqoridagi gaplarimga jaxlingiz chiqmasin aziz do`stlarim. Shunchaki siz hisobda ancha yanglishganingiz ko`rsatish edi niyatim. Endi masalaning SIZ UCHUN YOMON TARAFIGA o`tsak ijozatingiz bilan: 1) TUXMAT! Ha, aynan tuhmat! Bordiyu qizlarning 5 foizigina yomon bo`lsa (Allohga ayon qanchaligi) demak siz 85 % qizga tuxmat qilgan bo`lasiz "90% qizlar yomon” degan gapingiz bilan. Agar sanoqli bo`lsa yana undan ham ko`piga. Tuxmatni esa siz tuxmat qilgan odamingiz kechirmaguncha gunohi ketmasligi haqida aytilgan. Aks holda Qiyomatda javobini berishingizga to`g`ri keladi. Endi tassavur qiling siz aytgan foizga teng sonli qizlardan kechirim so`rashingizni. Buni iloji yo`q, to`g`rimi? Shunday ekan, bu katta yuk bilan Qiyomatda qiynalib qolmaysizmi?.. 2) FOL OCHISH! Xabaringiz bor folbinlar Alloh biladigan narsalarni bilaman deb da`vo qiladi. Siz ularga o`xshab qolmayapsizmi?.. 3) OSHIRIB GAPIRISH, ya`ni YOLG`ON! Yolg`onni qanday katta gunohligi haqida ko`plab Hadis va Oyatlar o`qigandirsiz yoki eshitgandirsiz… Shu yerda to`xtaqolaylik. Sizga shunday katta gunoh yuki kerakmi? O`zingizga savol berib ko`ring keyingi safar 90 FOIZ yoki KO`PCHILIK deb gapirishdan oldin. Unutmang odamning hayoti davomida qiladigan gunohlarini katta qismi til bilan amalgam oshirilar ekan. Ya`nikim bu kabi aytgan gaplarimiz (tuhmat, bo`xton, g`iybat, chaqimchilik, fitnalar) o`zimizga qimmatga tushishi mumkin. Agar juda ham sabringiz yetmasa gapni ichingizda ushlab turishga – o`zbek tilida o`lcham tushunchasini ifodalovchi boshqa so`zlar ham bor: AYRIM va BA`ZI kabi. Bularning son miqdori juda kam 90 % yoki KO`PCHILIK so`zlari oldida. Eng yaxshisi qo`lingizda aniq dalil yo`qmi (borligiga shubxam bor) sukut saqlang. Eng yaxshisi – shudir! Ko`p gapirib toliqtirgan bo`lsam uzr, muammoni muhim hisoblaganim uchun batafsil yozishga majbur bo`ldim. Aytgancha, yuqoridagi gaplar ba`zi qizlarga ham tegishli. Yigitlar haqida gapirganda ehtiyot bo`ling, yana katta sonni aytib yuborib tuhmat qilib qo`ymang .
Shahsiy fikrim : Qizlar telifon ishlatib internetga kirgani birov bilan sevishadi yoki ''yomon'' degani emas . Birovga tuxmad qilib ollohdan qurqmasez O'zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasida keltirilgan qonunlarni inobatga olarsiz yoki siz shu yerda yashab qonunlarini mensimisizmi ? ? ?
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 1421 | | Теги: 90 FOIZ QIZLAR QANDAY EKAN??? Savol | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 1
SOLIHBEK26.05.2013 14:20
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Календарь
«  May 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz