Главная » 2014»Noyabr»3 » 2014-yilning uchinchi choragida sotilgan har 100ta smartfonning 12 tasi Apple’ga tegishli
14:03
2014-yilning uchinchi choragida sotilgan har 100ta smartfonning 12 tasi Apple’ga tegishli
Strategy Analytics kompaniyasi joriy yilning uchinchi choragida sotilgan smartfonlar haqida qiziqarli ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda Phonearena.com ma’lumoti ga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi . Manba: Zdnet.com Unga ko‘ra uchinchi chorak davomida sotilgan smartfonlarning 84 foizi Android qurilmalari bo‘lgan. Ikkinchi chorakda esa ushbu ko‘rsatkich 85 foizni tashkil etar edi. Shu bilan birga, uchinchi chorakda sotilgan barcha smarfonlarning 12 foizi iPhone, 3 foizi Windows Phone va 1 foizi BlackBerry qurilmalari bo‘lgan. Samsung kompaniyasi esa uchinchi chorakda sotilgan barcha smartfonlarning 25 foizini yetkazib bergan. O‘tgan yilning uchinchi choragida esa ushbu ko‘rsatkich 35 foizni tashkil etar edi. Smartfonlar bozorida Samsung’ning ulushi kamayishiga, Xiaomi kabi Xitoy kompaniyalarining ommalashishi sabab bo‘lmoqda. Shuningdek, “Parol” nashrida quyidagi maqolalarni ham o‘qishingiz mumkin: Instagram’ga video-reklamalar joylashtirila boshlandi; Apple’ning 2000-yilda ishlab chiqarilgan gadjeti bilan iPhone 6 smartfoni taqqoslandi; Krishtianu Ronaldudan tez yugurish uchun “Tuyaqush oyoqlari” texnologiyasi yaratildi (video) .