Главная » 2014»Yanvar»3 » 2014-yilda UZTE smartfonlarining yangi turlari ishlab chiqariladi
23:17
2014-yilda UZTE smartfonlarining yangi turlari ishlab chiqariladi
UZTE kompaniyasi bosh direktori Lyu Syao Dun bu yil O‘zbekistonda smartfonlarning yangi turlari ishlab chiqarilishinima’lum qildi. Bundan tashqari, UZTE brendi ostida modemlar ham ishlab chiqariladi.
Uning so‘lzariga ko‘ra, UZTE mobil qurilmalar bozorida yangi mahsulot bo‘lgani sababli, iste’molchilar brendga biroz shubha bilan qaraydi. Biroq reklama, iste’molchilar bilan faol aloqalar va boshqa jamoat tadbirlar sharofati bilan yaxshi natijalarga erishish mumkin.
Korxonada yig‘iladigan telefonlar iste’molchilarning keng doirasiga mo‘ljallangan bo‘lib, turli narxlarni qamrab oladi. UZTE smartfonlari korpusi yuqori sifatli plastikdan ishlangan, ekrani ko‘p pikselli va yaxshi hajmga egadir, deydi bosh direktor.
Eslatib o‘tamiz, "Mobil telefonlar va boshqa elektron qurilmalarni ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi doirasida ushbu liniya ishga tushirildi. Uning tashkilotchi va ta’sischilari 50/50 hissasida "ZTE (H.K.) Limited” Xitoy kompaniyasi va "Peng Sheng” MChJ QK hisoblanadi. Loyihaga kiritilgan investitsiyaning umumiy miqdori 3,16 million dollarni tashkil etadi.
Ayni paytda UZTE savdo belgisi ostida uch xil modeldagi smartfonlar ishlab chiqariladi:
Grand V smartfoni
Grand M smartfoni
Grand X smartfoni
Korxona 2013-yil iyulda ochilgan, uning smartfonlari esa noyabr oyi oxiridan O‘zbekistonda sotila boshlagan edi.