Статистика |
Hozirda saytda: 7 Mexmonlar: 7 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Yanvar » 5 » 2013 yilda"O'zbekenergo"26 ta investitsiya loyihasini amalga oshiradi
06:25 2013 yilda"O'zbekenergo"26 ta investitsiya loyihasini amalga oshiradi |
"O'zbekenergo” Davlat aktsiyadorlik kompaniyasi 2013 yilda umumiy qiymati $3,832 mlrd.lik 26 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Xususan, 2013 yilda "O'zbekenergo” DAK umumiy qiymati $215,3 mln.lik 18 ta ob'ektni foydalanishga topshiradi. Kompaniya Toshkent issiqlik elektr markazida gaz-turbina qurilmasining qurilishini yakunlaydi, mamlakat janubida energiya ta'minoti ob'ektlarini barpo etadi, Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasini modernizatsiya qiladi. Kompaniya Koreyaning EG Lighting kompaniyasi bilan hamkorlikda "Angren” MIZda diodli lampalarni ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma korxonani tashkil etadi. "O'zbekenergo” DAK va Xitoyning "Xangdju Djongau Elektronnik Meters Kompanii Ltd." kompaniyasi "Navoiy” EIIZda elektr energiyasini hisoblovchi elektron hisoblagichlar ishlab chiqarishini tashkil etadi, deya xabar beradi UzDaily . "O'zbekenergo" DAK Ustyurt gaz-kimyo majmuasining tashqi elektr ta'minoti ob'ektlarini va "Angren” MIZ hududida "Shakar zavodi” kichik stantsiyasini barpo etadi. Shuningdek, kompaniya 2013 yilda Sirdaryo IESda ikkita energoblokni to'liq miqyosda modernizatsiya qilish loyihasini ham yakunlaydi. Eslatib o'tamiz, 2012 yilda kompaniya mavjud elektr stantsiyalarini rekonstruktsiya qilish va modernizatsiyalash hamda yangilarini qurish bo'yicha 38 ta yirik investitsiya loyihasini amalga oshirdi.
|
Категория: Dunyo xabarlari |
Просмотров: 807 |
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|