Aziz yurtdoshlar kevotkan Vatan Himoyachilari Kuni muborak! ↓
Kamon o'qidan iymoni o'tkir, hanjar tig'idan so'zlari o'tkir, burgutdanda ko'zlari o'tkir, bu o'zimizning o'zbek o'g'loni! Biror so'z aytdimi bajarar, vatan oldida burchlarin bilar, yurtini yovlardan himoya qilar, bu o'zimizning o'zbek o'g'loni! O'zbeklarda erkak- oilada oila boshi, haloldir topgani, yegan nonu oshi, navoiyning sabog'i yurtida el ardog'i, bu o'zimizning o'zbek o'g'loni! Doimo shunday bo'lsin, noming bundanda ulug' bo'lsin, doimo el ardog'ida bo'lgin, o'zbekning mard o'g'loni!
|