d Forum, "Ayollar kengashi” RJB, "Mehr nuri” jamoat jamg’armasi, Ijtimoiy tashabbuslarni qo’llab- quvvatlash fondi 2012 yilning mart oyidan sentyabr oyiga qadaryurtimiz bo’ylab kengqamrovli xayriya aksiyasini amalga oshiradi. Yil davomida loyiha doirasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar farzandlariga 1000 ta sunnat va 1000 ta nikoh to’ylari o’tkaziladi. Ushbu aksiya to’y o’tkazishga moddiy jihatdan qiynalgan oilalar hayotida unutilmas hodisalardan biriga aylanishi shubhasiz. Xayriya aksiyasi doirasida yosh juftlar uchun 1000 ta nikoh to’y va 10 yoshgacha 1000 nafar bola uchun sunnat to’ylar o’tkazib beriladi. Loyiha ishtirokchilarini tashkilotchilarning maxsus sovg’alari kutmoqda. Barcha kelinlar Guli brendi tomonidan mazkur aksiya uchun yaratilgan maxsus ko’ylaklarni kiyishadi. Ushbu loyiha "Mustahkam oila yili”da minglab juftlarga mustaqil oilaviy hayotga qadam qo’yish, uni yorqin va qiziqarli tadbir bilan boshlash imkonini beradi. Ilk nikoh va sunnat to’ylari 25-26 mart kunlari Navoiy viloyatida, 27-28 mart kunlari Qashqadaryo viloyatida o’tkaziladi. 4 mart kuni poytaxtimizdagi "Interkontinental” mehmonxonasida o’tkazilgan "To’y mavsumi-2012” ko’rgazmasi doirasida ushbu xayriya loyihasining taqdimoti bo’lib o’tdi. Ko’rgazmada bu yili respublikamizning barcha hududlarida o’tkaziladigan kengqamrovli aksiya haqida batafsil axborot beruvchi stend taqdim etildi. Ilk bor ushbu loyiha 2005 yili "Ayollar kengashi” RJB hamda "Mehr nuri” jamg’amasi tomonidan amalga oshirilgan bo’lib, Samarqand, Namangan, Quvasoy, Marg’ilon va Buxoro viloyatlarida o’tkazilgan edi. Guliston shahrida bolalar uyi tarbiyalanuvchilari va ko’p bolali oilalarning 7 nafar farzandiga sunnat to’y hamda Faridun va Malika Sultonovalarga nikoh to’ylari o’tkazilib, kelin uchun nikoh ko’ylagi sovg’a qilingan. 2011 yil yakuniga ko’ra, bolalar va yoshlar uchun ham bir qator xayriya loyihalari amalga oshirildi. Andijon viloyatidagi Mehribonlik uyining 5 nafar tarbiyalanuvchisi, Jizzax viloyatida 5 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari uchun sunnat to’y marosimi, shuningdek, Abdumannon va Dilbar Usmonovalarning nikoh to’ylari o’tkazildi. 500 dan ortiq mehmonlarga homiy tashkilotlar tomonidan bayram dasturxoni yozilib, estrada xonandalari Oybek va Nigora tomonidan dilrabo kuy qo’shiqlar ijro etildi. To’ylari o’tkazilayotgan 5 nafar bola va bir juft kelin- kuyovga ushbu xayriya tadbirining tashabbuskori Gulnora Karimovaning tabriknomasi va esdalik sovg’alari topshirildi. Ushbu loyiha "Mustahkam oila yili”da minglab juftlarga mustaqil oilaviy hayotga qadam qo’yish, uni yorqin va qiziqarli tadbir bilan boshlash imkonini beradi.