Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan, Bu oy “Qur’on” nozil bo‘lgan oy ekan, Ro‘za tutgan zot iymonga boy ekan Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro‘za bizga yordam qo‘lin uzatmish, Takabburlar axloqini tuzatmish. Rasululloh yig‘lab uni kuzatmish Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Miskinlarni boy yedirib ichirsin Arazlashgan bir-birini kechirsin Olloh olov kamzullarni yechirsin Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Bo‘lsang uyda, xoh dalada, adirda, Uxlab yotma sen Laylatul-qadrda. Bu tun hatto ruhlar yotmas qabrda Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak.
Ro‘zamizni Olloh uchun tutaylik, Bu dunyodan Iymon bilan ketaylik, Mangu xuzur-xalovatga yetaylik, Mo‘min-musulmonlar, ro‘za muborak! Qabul qilsin Subhon Olloh Taborak!
sovci kelar yorim bugun ostonenga bilmam kimlar yozilgan pewonenga aciq sozlar etmagin oz Onenga bir niyatim oq libosda koriw edi sening bn wrin xayot quriw edi taxtr ekan niyatimga yetolmadm kecir yorim seviwim etolmadim Roza
Tunlarni titratsa yurakda zorim, tilimda yangrasa dilimda borim, qalbdagi eng ezgu niyatlar bilan, Xayitla tabriklayman dilga yaqinim... Namozga bosh egib, ahli musulmon, Joynomoz ustida niyat qilishsin. O`ziga so`rashsin insof-u iymon, Ramazon Xayiti muborak bo`lsin!