SHERLAR.BIZ Chorshanba, 25.06.2025, 22:06
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
It yili [1]
Ot yili [2]
Ilon yili [2]
Qo'y yili [2]
Quyon yili [2]
To'ng'iz yili [1]
Sichqon yili [2]
Yo'lbars yili [2]
Maymun yili [2]
Ho'kiz (Sigir) yili [2]
Xo'roz (tovuq) yili [2]
Ajdarho (baliq) yili [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 286
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 7
Mexmonlar: 7
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Каталог сайтов » MUCHALAR » Ajdarho (baliq) yili

Ajdarho (baliq) yili
07.09.2013, 23:19
AJDARHO (BALIQ) YILI. Kimda-kim ushbu yilda tug`ilgan bo`lsa, juda yaxshi sihat-salomatlikka ega bo`lib, serg`ayrat va beg`ubordir. Pastkashlik, tilyog`lamalik va g`iybat ularga begona. Ular ishonuvchan va rostgo`ylar. Ko`pincha yolg`on-yashiq gaplar tufayli o`z tinchligini yo`qotadi. Barkamollikka intilish ularni o`ziga ham, boshqalarga ham talabchan qilib qo`yadi. Ular ko`p narsani talab qilishadi, lekin talablaridan ko`ra ko`proq ishni o`zlari amalga oshirishadi. Vijdonli, ta`sirchan va dovyurak kishilar bo`lib, ularga bemalol ishonish mumkin. Samimiy kishi bo`lib, odatda bildirgan fikr mulohazalari hamisha asosli bo`ladi. Soddalarcha ishonuvchanliklari tufayli, ularni hamisha aldash mumkin. Shu bilan birga, ular serzarda bo`lib, ba`zan tillariga erk berib yuborishadi. biroq ularni fikr-mulohazasi bilan hisoblashish kerak, chunki yaxshi maslahat berishadi. Qiziqib, darrov ishga berilib ketishadi. Iste`dodli, o`qimishli va irodali kishilardir. Butun umr hech narsadan zoriqishmaydi, har qanaqangi ishda ham muvoffaqiyat qozonishlari mumkin. Qaysi kasbni tanlashmasin, doimo g`alaba qozonishadi. Ular ko`pincha, hamma uchun sevimlidirlar, biroq o`zlari boshqalarni kamdan-kam hollardagina yoqtirishadi. Hech qachon muhabbat umidsizligi yoki dog`u alamini ularning boshidan kechmaydi. Ammo o`zlari muhabbat mojarosiga sababchi bo`lishi mumkin. Bu muchalda tug`ilganlar kamdan-kam hollardagina yoshligida oila qurishadi, ba`zilari hatto umr bo`yi tanho yashashadi, biroq bu ular ko`nglini cho`ktirmaydi, aksincha, yolg`iz yashaganidan ko`proq baxtiyor sezishadi. Qarz olishni va uzundan-uzun gapirishni yoqtirmaydi. Rahmdillikka moyil bo`lib ba`zan qisqa muddatga bo`lsa-da, bundan boshqalarning foydalanib qo`yishga yo`l qo`yishadi. Ko`pchilikning muammosi og`ir, jinsiy qoniqmaslikdan qiylanib yurishadi. Shoirtabiat jo`shqinliklari tufayli butun umr ko`plab muammolarga sababchi bo`lishadi. Biroq keksayganida baxt-saodatga va barcha istaklarini amalga oshirishga erishadi.
Переходов: 0 | Рейтинг: 4.9/22 | Теги: Ajdarho (baliq) yili
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2025Хостинг от uCoz