SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.06.2025, 06:45
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Ona va Bola [16]
Qizlar Oshxonasi [34]
Salomatlik va Go'zallik [19]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 286
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Каталог сайтов » Go`zallik sirlari haqida » Qizlar Oshxonasi

Olmali pirog
14.02.2014, 21:30

 


Kerakli masalliqlar:

  • 4 ta tuxum
  • 1,5 stakan shakar
  • Yarim stakan sut
  • 60 gr hona issiqligida yumshatilgan saryog’
  • Yarim stakandan sal kamroq o’simlik yog’i
  • Yarim choy qoshig’i korisa
  • 3 stakan un
  • 1 paket xamir oshiradigan poroshok (baking powder, разрыхлитель, xamirturush)
  • 4 ta olma
  • 24 cm ochilib-yopiladigan qolip
  • Pergament qog’oz, qaychi

 

Tayyorlanishi:

4 ta olmani tozalab, parrak parrak qilib to’grab, bir chetga qo’yib qo’yamiz.

 


Bir idishda un, korisa va xamir oshiradigan poroshokni (xamirturushni) qoshiq bilan yaxshilab aralashtiramiz.



Duxovkani 200 darajada yoqib, oldindan isitib turamiz.

So’ngra alohida idishda 2 ta tuxum va 2 ta tuxumning sarig’iga (oqlari beze uchun kerak bo’ladi) 1 stakan shakarni kam-kam solib, mikserda ko’pirtiramiz. Shakar erigandan keyin yumshatilgan saryog’ solib, mikserda pastroq tezlikda ko’pirtirishda davom etamiz. Mikserni chetga olib qo’yib, o’simlik yog’i ve sut solib, qoshiqda aralashtiramiz. 



Tayyor bo’lgan suyuqlikni unga qo’shib, qoshiq bilan aralashtiramiz.



Qolip doirasidan 2 sm kattaroq qilib pergament qog’oz kesib chiqamiz va qolipga joylashtiramiz. Qolip chetini yog’lab chiqamiz.

To’gralgan olmalarni qolipga terib chiqamiz. Ustiga tayyorlagan xamirimizni bo’shatamiz, qoshiqda tekkis qilib to’g’irlab, duxovkaga qo’yamiz.



Duxovkani 150 darajaga tushiramiz. Qolipni duxovkani o’rta qismiga qo’yib, 20-25 daqiqa davomida pishiramiz.

Pishish jarayonida beze uchun tayyorgarlik boshlaymiz: 2 ta tuhumni oqini yahshilab ko’pirtirib, yarim stakan shakarni kam-kam solib, shakar tugaguncha ko’pirtiramiz.


Pirogimizni tekshiramiz. 25 daqiqa pirog chetlari qizaradi, lekin o’rtasi hali yaxshi pishmagan bo’ladi. Duxovka darajalari hammada har xil bo’lgani uchun 20 daqiqa o’tgandan keyin duxovkani ochmasdan tekshirib ko’ramiz, agar juda ham qizargan bo’lsa pirogni duxovkadan chiqaramiz, hali qizarmagan bo’lsa, duxovkada kutamiz.

Bir padnos yoki 25 sm diametrdan katta tagi tekis doira shaklda tarelka olib, ustidan 25 sm diametrdan kattaroq pergament solamiz. Qolipimizni chetini ochib, ehtiyotlab chiqaramiz,chunki chiqarayotgandaxamir yopishib qolishi mumkin. Pergament yozilgan tarelkamizni pirogni ustiga qo’yib, pirogni teskarisiga to’ntaramiz, shunda pirog xamiri pastda, olmalar esa tepada bo’ladi. Olmalarni ustida turgan pergamentni olib tashlaymiz. Pirog tagidagi pergamentni ikki chetidan ushlab yana qolipimizga joylashtiramiz va qolpb chetini (temirlarini) taqamiz.



Pirog ustiga beze yo qoshiqda suriladi, yoki qolipda shakl berib chiqiladi



va duxovkaga qo’yib, yana 30 minut 130-140 darajada pishiriladi. Yana aytib o’tish kerakki, duxovkalar har xil bo’lgani uchun beze tez kuyib qolishi mumkin, pishirish jarayonida tekshib turish kerak.

Pishib chiqqandan keyin pirog o’rtasidan gugurt cho'pi bilan tekshirib ko’rish kerak, olmalarni suvi chiqishi mumkinligi sababli xamir sekin pishishi mumkin. Xamir pishmagan bo’lsa, yana past olovda duxovkada turishi kerak.

Pirog tayyor bo’lgandan keyin, agar bir kunda yeyilmasa, ustini selofan bilan yopmaslik kerak, agar shunday qilinsa, bezelar yumshab qoladi.

Переходов: 0 | Рейтинг: 5.0/1 | Теги: Olmali pirog
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2025Хостинг от uCoz