O’zbekistonda yashasangiz yoz oylarida olcha topish qiyin emas, balki har birimizning ko’chasida, hovlisida olcha darahti ham bordir, bazan olchalar terilmay darahtda qurib ham ketadi, agar nordon bilan shirin mazalarni birga yeyishni yoqtirsangiz olchalaringiz bekorga qurib ketmay bu keksda ishlatilsa bo’ladi. Tayyorlanishi onson, ko’p vaqt talab qilinmaydi, masalliqlar esa deyarli hammamizning ro’zgo’rimizda bor masalliqlar.
Olcha o’smaydigan davlatta yashasangiz muzlatilgan olcha ham ishlatsa bo’ladi
Kerakli masalliqlar:
2 ta tuhum
1 stakan shakar
Yarim stakan sut
60 gr yumshatilgan saryog’
Yarim stakandan sal kamroq o’simlik yog’i
1 paket vanilin
3 stakan un
1 paket hamir oshiradigan poroshok (baking powder, разрыхлитель)
1 stakan danagi chiqarilgan olcha
2 qoshiq jo’hori krahmali
Tayyorlanishi:
Bir idishda un bilan hamir oshiradigan poroshokni qoshiq bilan yahshilab aralashtiramiz.
Olcha danaklarini chiqarib, suvi juda ko’p bolsa alohida idishga solib yoki to’kib tashlab, ustidan krahmal sepib chetga olib qo’yamiz. Agar muzlatilgan olcha ishlatsangiz erigandan keyin quruq ko’rinsa krahmal qo’shishga hojat yo’q.
Image
Duhovkani 200 darajada yoqib oldindan isitib turamiz.
So’ngra alohida idishda 2 ta tuhumga shakarni kam-kam solib mikserda ko’pirtiramiz, shakar erigandan keyin yumshatilgan saryog’ solib mikserda pastroq tezlikda ko’pirtirishda davom etamiz, mikserni chetga olib qo’yib o’simlik yog’i vanilin va olchani solib qoshiq bilan aralashtiramiz.
Image
Tayyor bo’lgan suyuqlikni unga qo’shib qoshiq bilan aralashtiramiz.
Image
Qolipni yahshilab yog’lab tayyor bo’lgan hamirni qolipga qoshiq bilan solamiz.
Image
Duhovkani 150 darajaga tushiramiz. Qolipni duhovkani o’rta qismiga qo’yib 25-35 daqiqa davomida pishiramiz.
Bu keksda faqatgina olcha emas, balki magiz, olma, nok (qattiq), yong’oq ham ishlatsa bo’ladi.
Image