Yasmiq (Ruschasi чечевица) dukkakli o’simliklar oilasiga mansub bo’lib, oqsil, B vitamini, temir, kalsiy, sink, fosfor va boshqa minerallarga juda boydir. Turkiyada yasmiq juda keng tarqalgan bo’lib, yasmiq sho’rvasi Turk dasturxonidan deyarli hech arimaydigan bir taomdir. Sho’rvadan tashqari, yasmiq kotletasi ve yasmiq salati tez-tez qilinib turiladi. Yasmiq kotletasi qilinishi juda oson, kam vaqt talab qiladigan lekin to’yimili va mazali yaxna taomdir.
Image
Kerakli masalliqlar:
4 kishililk 2 stakan qizil yasmiq 1 stakan mayda bulgur guruchi 1 bosh piyoz Yarim bosh salat barglari Yarim bog’ ko’k piyoz Yarim bog’ petrushka va/yoki ukrop Yarim stakan yog’ 2 osh qoshiq tomat pastasi 1 ta limon 1 choy qoshiq tuz
Tayyorlanishi.
Yasmiqni qozonga solib, 4 stakan suv qo’shib, suvni shimib olguncha pishiramiz, gazdan olamiz va ustiga bulgur guruchini solib qoshiq bilan aralashtirib, qozon qopqog’ini yopib qo’yamiz. Sovushini kutamiz. Tovaga yog’ni solib mayda to’g’ralgan 1 bosh piyoz va tomatni qovurib olamiz. Bu qovurmani sovugan yasmiq bilan yahshilab qo’lda hamir qorganday qoramiz. Ko’k piyoz, ukrop va petrushkani mayda to’g’rab, tuz qo’shib yasmiq bilan aralashtiramiz. Qo’lda oval shakl berib (tuxumdan uzunroq) kotleta yasaymiz va likobga terilgan salat barglarining ustidan terib chiqamiz. Tayyor bo’lgan kotletalarni ustiga limon suvi siqib, salat bargiga o’rab iste’mol qilamiz. Yoqimli ishtaha.