Ko’pchilik ota-onalarga tong bir xil muammo bilan boshlanadi: FARZANDimga qanday nonushta tayyorlasam ekan? Yana shunday bo’lsinki, bola uni bajonidil yeb qo’ysin. Shifokor va dietologlar bolalar uchun tongda faqat bo’tqa (kasha) tayyorlash zarurligini ta’kidlashadi. "Yeymi, yemaymi?" – bolalarning bu savoliga har kun ertalab javob berishga to’g’ri keladi. Kimdir kashani joni dili bilan paqqos tushiradi, yana qaysidir bolalar uchun bu tonggi ko’z yoshlar va injiqliklar uchun sabab. Ko’pgina ota-onalar bu mahsulotni uncha mensishmaydi va FARZANDlariga kolbasa yoki pishloq bilan buterbrod qilib berishni afzal ko’radilar. Faqatgina bolalari injiqlik bilan xarxasha qilmasa bo’lgani. Lekin kasha bu – sog’liqning garoviku!
Nimaga aynan kashani tanlashimiz kerak? Bunga bir qator sabablar mavjud: * oson o’tish – ta’mi bo’yicha ona sutiga yaqin mahsulot * yuqori quvvatlilik * mevali va sabzavotli pyure, sharbatlarga nisbatan kashalarning oqsil komponentida almashmaydigan va shartli-almashmaydigan aminokislotalar ko’proq mavjud. * kashalar tarkibida hazm qilishni osonlashtiradigan turli ozuqaviy moddalar, oqsillar, yog’lar, uglevodlar, mineral tuzlar mavjud * bolaning har tomonlama sog’lom o’sishi uchun sanoatda tayyorlanadigan kashalar zarur bo’lgan vitaminlar va mikroelementlarning to’liq to’plamiga ega.
Ertalablari kasha yeyishdan bosh tortadigan bolajonlarga kashani turli murabbolar va shirinliklar bilan bering. Agar imkoningiz bo’lsa, uni parkka yoki biror joyga olib borishingizni yoki u yaxshi ko’radigan shirinlikni olib berishingizni aytib, yaxshi gaplar bilan kasha yeyishga o’rgating. Va’dangizni ustidan chiqishga albatta harakat qiling. Aks holda, keyingi safar u Sizga ishonmay qo’yadi. Agar shunda ham bosh tortaversa, undan faqatgina bir marta tatib ko’rishni so’rang. Boshqa zo’rlamang. Bola kashani yeb ko’rgach, uni u qadar "qo’rqinchli” taom emasligiga ishonch hosil qiladi va kashaga nisbatan o’z fikrini o’zgartirsa ajab emas. Robiya
|