SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.06.2025, 16:52
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Ona va Bola [16]
Qizlar Oshxonasi [34]
Salomatlik va Go'zallik [19]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 286
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Каталог сайтов » Go`zallik sirlari haqida » Qizlar Oshxonasi

Kabachki kotletasi
14.02.2014, 20:48
Mücver (Mujver deb o’qiladi) retsepti turk oshxonasidan olingan bo’lib, qilinishi juda oson, kam vaqt va masalliq talab qiladigan taomdir. Retseptdaki sabzavot turini o’zgartirsa ham bo’ladi, ba`zi retseptlarda pishloq va/yoki pishgan kartoshka ham solinadi, lekin kotleta yog’da qizartirilishi sababli juda yog’li bo’lishini hohlamasangiz solmaganingiz ma’qul.

Kerakli masalliqlar:

4 kishilik
8 ta kabachki
Yarim bog’ ukrop
Yarim bog’ ko’k piyoz
2-3 osh qoshiq un
2 ta tuhum
Pishloq (Turkiyada kaşar peyniri deyiladi)
1 ta pishgan kartoshka
1 choy qoshiq tuz
1 chimdim qora murch.
1 stakan yog’ qizartirish uchun

Tayyorlanishi.

Kabachki po’chog’ini tozalab, yirik qirg'ichdan o’tqazib suvini siqib olamiz. Ustidan ukrop va piyozni to’g’rab solamiz. Ketidan qirg'ichdan chiqarilgan pishloq, qirg'ichdan chiqarilgan kartoshka, (agar solinsa) un, tuz, murch var tuhumni solib hamasini birga qoshiq bilan yahshilab aralashtiramiz. Quyuq bir qorishma hosil bo’ladi.

Tovada yog’ni qizdirib tayyorlagan qorishmadan qoshiqda olib, qoshiq-qoshiq tovaga quyib chiqamiz. Shunda tovamizda bir qancha doiralar hosil bo’ladi, birbiriga yopishib qolmasligiga e’tibor berishimiz kerak. Kotletalarni ikki tarafini qizartirib olib, qog’oz sochiq yoyilgan likobni ustiga suzib olamiz. Qog’oz sochiq yog’ini shimib olgandan so’ng, boshqa likobga terib, pamildori, bodring va ko’katlar bilan bezatib issiq yoki iliq holda dasturhonga tortamiz.



Husnora Yaltı tayyorladi
Переходов: 0 | Рейтинг: 5.0/1 | Теги: Kabachki kotletasi
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2025Хостинг от uCoz