SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.06.2025, 12:10
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Ona va Bola [16]
Qizlar Oshxonasi [34]
Salomatlik va Go'zallik [19]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 286
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Каталог сайтов » Go`zallik sirlari haqida » Qizlar Oshxonasi

Azu Tayyorlash
14.02.2014, 21:33

 

Ushbu taom mol yoki qo’y go’shtining lahm qismidan tayyorlanadigan quyuq ovqatdir. Go’sht parda va bezlardan tozalanadi, eni 2 sm va uzunligi 3-4 sm qilib nimtalanadi, so'ng usti pushti rang bo’lguncha tovada qovurilib, keyin qozonga solinadi. Tomat yoki to’g’ralgan pomidor, mayda to’g’ralgan va qovurilgan piyoz qo’shib, ustidan sho’rva yoki issiq suv solinadi. Taom usti berk holda past olovda 40-50 daqiqa dimlanadi. Masalliq dam yegach, qozonga bir oz qovurib qizartirilgan yirik kartoshka, mayda to’g’ralgan bodring, tuz bilan ezilgan sarimsoq, tuyilmagan murch va shakar solib, past olovda tayyor bo’lguncha yana dimlanadi. Taomni dasturxonga tortishdan oldin ustiga mayda to’g’ralgan kashnich, petrushka va shivit sepish tavsiya etiladi.

Kerakli masalliqlar:

500 g (lahm) go’sht,
300 g archilgan kartoshka,
2-2,5 oshqoshiq yog,
2 dona o’rtacha kattalikdagi piyoz, 
2-3 oshqoshiq tomat yoki 2-3 dona pomidor,
2-3 dona tuzlangan bodring, 
3-4 palla sarimsoq,
1 choyqoshiq tuz,
1 choyqoshiq shakar,
4-5 dona tuyilmagan murch.

Переходов: 0 | Рейтинг: 0.0/0 | Теги: Azu Tayyorlash
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2025Хостинг от uCoz