Ultratovush tekshiruvi jarayonida yuqori chastotali tovush to’lqinlari bachadonga yuboriladi. Boladan qaytgan tovushlar va aks sado kompyuter tomonidan tarjima qilinib ekranda bolaning joylashishi va harakatlari namoyon bo’ladi. Suyak kabi qattiq jismlar ko’proq to’lqin qaytargani sababli oq rangda ko’rinadi, yumshoqroq jismlar esa kulrang va ola tusda bo’ladi. Bolani o’rab turgan suvlar kabi suyuqliklar aks sado qaytarmaydi va qora rangda ko’rinadi. Mana shu uch rang orasidagi kontrast orqali shifokor-mutaxassis ko’rinishlarni taxlil qiladi. Ko’pgina ota-onalar ultratovush tekshiruvini intiqlik bilan kutadilar, chunki bu ularga bo’lajak farzandlari bilan ilk tanishuv imkonini beradi. Ba’zi joylarda mutaxassis bolangizning ko’rinishini qog’ozga tushirib berishi ham mumkin. Lekin shuni unutmaslik kerakki, Ultratovush tekshiruvidan maqsad farzandingiz fotoalbomiga ilk suratni qo’lga kiritish yoki uning jinsini bilish emas. Maqsad - farzandingizning yaxshi o’sib ko’ngildagidek rivojlanayotganini tekshirish.
Tekshiruvni kim olib boradi?
Ayollar uchun mo’ljallangan, tug’ruqxonalar qoshidagi poliklinikalarda ultratovush tekshiruvini maxsus ginekolog mutaxassis olib boradi.
Ultratovush tekshiruvi nima uchun kerak?
Homiladorlikning qaysi bosqichida qilinganiga qarab ultratovush tekshiruvi oquyidagi ma’lumotlarni beradi: · Farzandingizning yurak urishini tekshiradi · Bir yoki bir necha homilangiz borligini aniqlaydi · Homilaning noto’g’ri joylashishi haqida ma’lumot beradi, homila bachadonda emas, bachadon trubasida joylashgan bo’lsa. · Ayoldan qon ketishi sababini aniqlaydi · Farzandingizning o’lchamlariga asoslanib homilangizning muddatini aniqlashtiradi · 11-14 haftada bolaning bo’yni orqasidagi suyuqlikni o’lchash orqali Daun sindromi xavfini aniqlashtiradi · Qon tekshiruvining yaxshi chiqmagani sababini aniqlashtiradi · Yo’ldosh yoki bolani o’rab turgan suvlardan analiz olish kabi tashxis jarayonlarini osonlashtiradi. · Bolaning barcha tana a’zolarining normada rivojlanishini ko’rsatadi · Umurtqa qoplamasining difektlari kabi turli nosozliklarni aniqlaydi · Suv miqdori va yo’ldosh joylashishini tekshiradi · Bir necha tekshiruvlar natijasida bolaning o’sish jadalligini ko’rsatadi.
Tekshiruv bola jinsini aniqlashtiradimi?
18 haftaga yaqin qilinganda bolaning jinsini aytish mumkin, lekin bola noqulay holatda yotgan bo’lsa jinsini aniqlash mushkul. Ba’zi muassasalarda bola jinsini aytish man qilingan, chunki bu odatda 100 foiz to’g’ri ma’lumot bermaydi.
Tekshiruv qanday amalga oshiriladi?
Tekshiruv erta muddatda o’tkazilayotgan bo’lsa ayol oldindan ko’proq suyuqlik ichgan bo’lishi kerak. Qovuq bachadonni itarib tursa tasvir aniq va ravshan chiqadi. Mutaxassis tekshirilayotgan a’zoga biroz sovuq gel surtib kichik datchikni terining ustidan harakatlantirishi natijasida bolaning tasvirlari namoyon bo’ladi.
Agar bola juda chuqur joylashgan bo’lsa yoki ayol o’ta semiz bo’lgan taqdirda tasvirlar aniq bo’lmaydi. Bu holda vaginal tekshiruv kerak bo’ladi. Vaginal datchik uzun va ingichka ko’rinishda bo’ladi. Usti prezervativ kabi qoplama bilan yopilib, kirishini osonlashtiradigan surtma surtiladi. Datchikning biroz ichkariga kirishi yetarli bo’lib bu usul na ayol, na bolaga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Vaginal tekshiruvda bola tasviri oddiy tekshiruvdagidan ancha tiniq va ravshan bo’ladi. Bu usul ayniqsa ilk muddatda qo’l keladi.
Ultratovush tekshiruvi og’riqlimi?
Qorin usti tekshiruvi og’riqsiz bo’lib, ayol to’lgan qovug’i ustidan datchikning bosilishi sababli biroz noqulaylik sezishi mumkin.homiladorlikning keyingi bosqichlarida qovuqning to’la bo’lishi shart bo’lmasada, ba’zi muassasalarda bu hanuzgacha talab qilinadi.
Vaginal tekshiruvining bir yutug’i shundaki, unda qovuq bo’sh bo’lishi kerak, shuning uchun ba’zi ayollar bu usulni qulayroq deb biladilar. Asosiysi shuni esda saqlash kerakki, mutaxassis bunday tekshiruvni har kuni amalga oshiradi. Ayolning usti yopilgan bo’ladi, undan faqat muskullarni yumshatish talab qilinadi.
Tekshiruvlar odatda qachon amalga oshiriladi?
Ko’pgina muassasalarda bolaning rivojlanishi yaxshi ketayotganiga amin bo’lish uchun tekshiruvni ikkinchi trimester, ya’ni 20 haftalarda o’tkazishni tavsiya qilinadi.
Hozirgi kunda har bir homilador ayolga birinchi trimester, ya’ni homiladorlikning 10-13 haftasida homiladorlik muddatini tasdiqlash maqsadida tekshiruvdan o’tish tavsiya qilinmoqda. Daun sindromi tekshiruvi amalga oshirish uchun ham ilk trimester tekshiruvi muhim.
Ayol ilk muddatda kuchli og’riq sezsa yoki unda qon ketishi kuzatilsa tekshiruvni yana ham ertaroq, olti-yeti haftalarda amalga oshirish mumkin.
Uchinchi trimesterda (28-40 hafta) bolaning o’sishini tekshirish bir necha holda tavsiya qilinadi: oldingi bola kichik tug’ilgan bo’lsa, ayol egizak kutayotgan bo’lsa, ayolda qandli diabet kabi homiladorlikka ta’sir qiluvchi omillar bor bo’lsa va hokazo.
Ultratovush tekshiruvi majburiymi?
O’zbekistonda ko’pchilik ayollar homiladorlik davomida kamida bir marta ultratovush tekshiruvidan o’tsalarda, bu majburiy emas. Tekshiruvlar homila haqida foydali va ishonchli ma’lumotlar bera oladi va ko’pgina ayollar tekshiruvni qiziqarli va umidli deb biladilar. Shunday bo’lsada tekshiruv hamma nosozliklarni namoyon qilmaydi, ba’zida esa tekshiruv natijalari noaniqlik va havotirni yuzaga keltirishi mumkin.
Sizga ultratovush tekshiruvi tavsiya qilingan bo’lsayu, siz istamasangiz, ginekologingizdan tekshiruv o’tkazishdan maqsad nimaligini so’rang. Qildirish yoki qildirmaslik haqidagi oxirgi hulosa faqat va faqat sizda tegishlidir.
Tekshiruv havotirli natijalar ko’rsatsa.
Havotirli natijalar ayolni qattiq tashvishga qo’yishi tabiiy. Ba’zida ultratovush tekshiruvining o’zi umurtqa nosozliklari kabi hastaliklarga tashxis qo’yadi. Boshqa hollarda tekshiruv “markerlar” deb nomlanuvchi kichik o’zgarishlarnigina namoyon qiladi. Bu o’zgarishlar Daun sindromi kabi kattaroq muammolardan habar berishi mumkin.
Mutaxassis biror bir nosozlikni topgan taqdirda ayolni 24 soat davomida shifokorga yoki kerak bo’lganda 72 soat ichida embrionlar bo’yicha mutaxassisga yo’llashi kerak. Bu bolaning hromosomalarini tekshiruvchi analizlar olish va shunga o’xshash sinovlar o’tkazishga zamin yaratadi.
Kamdan kam hollarda bola salomatligida jiddiy moammo ko’rilsa, ayol homiladorlikni tugatish, ko’proq parvarishga mushtoq bo’lgan bolani tug’ish yoki ba’zan hali tug’ilmagan chaqaloqda hirurgik operasiyani amalga oshirishga rozilik berish kabilarni tanlashi, buning uchun unga ma’naviy ko’mak va vaqt kerak bo’ladi.
Ultratovush tekshiruvi zararsizmi?
Ultratovush tekshiruvi homiladorlik uchun 30 yil davomida qo’llanilib kelmoqda. Shu payt mobaynida hali uning noxush tomonlari ko’rilmagan. Ultratovush tekshiruvi bilan bolaning tug’ilgandagi vazni, bolalardagi leykemiya, saraton kasalligi, ko’z , quloq kasalliklari yoki nutq nosozliklarining aloqadorligi ko’rsatilmagan. Shunday bo’lsada, ko’pgina ekspertlar tekshiruv aniq tibbiy ko’rsatma bilangina, tashxis qo’yish maqasadida va iloji boricha oz amalga oshirilishi kerakligini ta’kidlaydilar