SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.06.2025, 15:28
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Ona va Bola [16]
Qizlar Oshxonasi [34]
Salomatlik va Go'zallik [19]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 286
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Каталог сайтов » Go`zallik sirlari haqida » Ona va Bola

Farzandingizga hayot bering
14.02.2014, 18:58
Qizim bilan tushlik qilib o’tirar edik. So’z orasida eri bilan “to’laqonli oila barpo qilish” haqida o’ylashayotganini aytdi.



- Biz tanish-bilshlardan so’rovnoma o’tkazyatuvdik, dedi u hazil aralash.



- Nima deb o’ylaysiz, farzand ko’rishga harakat qilsammikin?



- Bu hayotingni oz’gartirib yuboradi, dedim men ichimdan o’tgan hissiyotlarni yashirishga harakat qilib.

- Bilaman, dedi qizim,

- Tuzukroq dam ham ololmaysan, u bu yerga sayohat ham qilolmaysan...



Lekin men bularni nazarda tutmagan edim. Qizimga qarab turib fikrimni aniqroq ifodalash uchun so’z qidirar edim. Hech qaysi shifokor yoki tug’ruqdan oldingi kurslardan o’rgana olmaydigan haqiqatni unga yetkazmoqchi edim. Unga aytmoqchi edimki, tug’ruqdan keyingi jismoniy jarohatlar juda tez tuzalib ketadi, lekin onalik unda shunday katta ruhiy jarohat qoldiradi-ki u hech qachon bitmaydi. Bundan buyon gazeta o’qirkan ichida doimo: ” Bu mening bolam bilan bo’lsa nima qilardim?” degan savol turishini, har bir yong’in, har bir aviaxalokat uni befarq qoldirmasligi haqida ogohlantirmoqchi edim. Ochlikdan o’layotgan bolalarning rasmiga qararkan, o’z farzandining o’limidan daxshatliroq narsa yo’qligini his qilishini yetkazmoqchi edim unga.



Uning manikyur qilingan nozik barmoqlari, yarashib turgan ixchamgina kiyimiga qarab turib qanchalik latofatli bo’lmasin, onalik uni o’z bolasini himoyalashga tayyor turgan oddiy ayiq darajasiga tushirishini o’yladim. “Oyijon!” degan birgina havotirli chaqiriq uni eng muhim narsasini ham tashlashga majbur qilishini aytmoqchi edim.



Ishlab turgan maslagi uchun qanchalik ko’p vaqt sarflamasin, farzandi tug’ilgach karyerasiga ancha zarar yetishini unga bildirishim kerak deb o’ylardim. Enaga yollashi mumkin, lekin bir kun muhim uchrashuvda ekan farzandining hushbo’y hidi haqida o’ylashi, bolasining ahvolidan xabar olish uchungina uchrashuvni tashlab ketmaslikka bor irodasini ishga solishini o’yladim.



Istardimki, qizim u uchun xozir oddiy, e’tiborga loyiq bo’lmagan kundalik tashvishlar endi hargiz oddiy tashvish bo’lmasligini bilsin. Besh yashar o’g’lining kafedagi hojatxonaga borish istagi uning uchun katta muammoga aylanishini, jinsiy mustaqillik masalasi bir tomonu, hojatxonada bolalar o’g’risi bo’lishi mumkin degan qo’rquv boshqa tomonda turishini bilsin.





Xushbichimgina qizimga qararkanman, unga aytmoqchi edimki, homiladorlikda orttirgan vaznidan qutulishi mumkin, lekin onalikdan qutulib yana avvalgi holiga qayta olmaydi. Hozir unga shunchalik muhim tuyulgan hayoti farzandi tug’ilgandan so’ng oldingidek muhim bo’lmay qoladi. Endi zurriyodini qutqarish kerak bo’lgan paytda o’zi haqida umuman unitadi. Endi u, yo’q, yo’q, o’zining emas, farzandlarining orzusini amalga oshishiga umid qilishni o’rganadi.



Keserevodan qolgan chandiq, oyog’ida homiladorlik natijasida qolgan tomirlar unig uchun fahr alomati bo’lishini bildirmoqchi edim. Umr yo’ldoshi bilan munosabatlari o’zgarishini, lekin u o’ylagandek emas, boshqacha bo’lishini bildirmoqchi edim. Istardimki, farzand parvarishiga qarashgan va uni o’ynatishdan hech qachon bosh tortmaydigan erkakni qanchalik sevish mumkinligini bilsin.



Istardimki, qizim butun dunyo bo’ylab urush, jinoyatchiliklarga qarshi kurashayotgan ayollar orasidagi bog’ni sezsin. Qizimga bolaponi ilk bora momiq mushukchani ushlagandagi hayrat to’la kulgusini tasvirlab bergim, farzandi velosiped haydashni o’rganayotganda uni chulg’ab oladigan g’ururni ko’rsatib bergim kelardi. Onalik unga shunaqa hursandchilik, baxt beradiki, qalbining tub-tubida og’riq hosil bo’lishini aytmoqchi edim…





Qizimning hayron bo’lib menga qarab turishidan ko’zimga yosh qalqiganini sezdim.

- Bundan hech qachon afsuslanmaysan, dedim nihoyat.



Keyin uning qo’llarini qo’limga oldimda, ichimdan Allohga u uchun, o’zim uchun va o’zini onalik deb atalmish eng go’zal ishga bag’ishlagan hamma ayollar uchun duo qildim.



Bu hikoyani o’zingiz tanigan onalar, ona bo’lgan yoki vaqti kelib ona bo’ladigan dugonalaringiz bilan baham ko’ring. Doimo yaqinlaringiz siz bilan birga bo’lsin. Farzandingizga hayot bering.



Rus tilidan Mufazzal tarjimasi
Переходов: 0 | Рейтинг: 0.0/0 | Теги: Farzandingizga hayot bering
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2025Хостинг от uCoz