Bir ayol hayotidan lavha: Olti yil oldin men qiz tug’dim. Tug’ruq juda og’ir o’tgan, hali bola dunyoga kelmasidan avval shifokor bolam nogiron tug’ilishini aytgan edi. Mening umurtqa pog’onam shikastlangan ekan. Qizim tug’ilgach eng dahshatli narsalar boshlandi: biz har kuni inkubator, intensive terapiya bo’limi kabilarda befarq shifokorlar yuziga termulgancha sarson yurardik. Shundan keyin men tushundimki, endi yo’qotadigan hech narsa yo’q, tug’ruqxonadan chiqib, professional massajistga uchrashdim.
Yarim yil mobaynida qizimga 100dan ortiq massaj seanslarini qo’llashdi. Shunda mo’jiza ro’y berdi: qizim o’z tengdoshlariga nisbatan tezroq o’sa boshladi. U uch oyligida o’tira oladigan , besh oyligida karavatchasida turadigan, va yetti oyligida ilk qadamlarini tashlay boshlagan edi! Hozir u raqs tushadi, sport bilan shug’ullanadi, ochig’ini aytganda, juda harakatchan. Biz esa tibbiyot kartochkamizni esa shifokorlarga ko’rsatmaslikka harakat qilamiz: ular bunga ishonishmaydi va achchiqlanishadi ham.
Shunday qilib, massaj nima degani?
Massaj so’zining kelib chiqishi hususida olimlar turli fikrlarni bildirishgan. Bir guruh olimlar uni bizga Sharqdan kirib kelgan va “teginish, yoqimli qilib bosish” ma’nosini bildiradi deyishsa, boshqa toifa olimlar u so’zni yunon tilidan kirgan va “qo’llar bilan siqmoq” degan ma’noni anglatadi deyishgan. Ammo shunisi aniqqi, massaj odam tanasiga qo’llar yordamida ta’sir o’tkazishni bildiradi. Hozirgi kunda massaj deganda ko’pchilik kasalliklarni uning turlari yordamida davolash nazarda tutiladi: silash, bosimni kuchaytirib silash, tana qismlari uchun alohida mashqlar qilish, vibratsiya yoki silkitish kabilar.
Agar bu muolaja kattalar bilan ishlaganda tushunarli bo’lsa, unda bolalarga qanday qo’llaniladi? Ayniqsa yoshi juda kichkina bolakaylarda?
Bolalar massaji deganda odatda ko’krak yoshidan bir yoshgacha bo’lgan bolalarga qo’llaniladigan massaj tushuniladi. Ammo agar bolangiz 2, 3-yosh bo’lganda massaj qabul qilsa, buning hech qanday zarari yo’q.
Avvalo, kasal bolalarni aniqlab olaylik. Chunki massaj ular uchun nafaqat kasallik davosi, balki butun hayot tarzining o’zgarishi hamdir. Ko’krak yoshidagi bolalar uchun massaj quyidagi holatlarda foydali: mushaklarning yuqori yoki past tonusi (mushakning hayotiy aktivlik darajasi), umurtqa pog’onasi kasalliklari, asab, ovqat hazm qilish va nafas olish sitemasidagi ayrim kasalliklar. Hatto bizning ilg’or tibbiyot ham shuni tan olganki, quloq, tomoq, burun, immunitet pastligi kabi kasalliklarda eng yaxshi davo bu massajdir. Agar “to’g’ri” odam “to’g’ri” qo’llar bilan bolaning yosh va egiluvchan tanasini massaj qilsa, tana o’z rivojlanishini o’sha qo’llarga topshiradi. Shunisi ham sir emaski, massajning natijasi yuqori bo’lishida to’gri tashxis va malakali massajist qo’llari juda muhim hisoblanadi.
Sog’lom bolalarga massaj qilish ham bebaho foyda keltiradi. Bunda massajist yordamidan foydalanishingiz yoki o’zingiz bu ishni qilishizngiz mumkin. Massaj ko’krak yoshidagi bolangizga nafaqat yordam, balki u bilan yangicha muloqot hamdir.
1. Agar siz massajist yordamidan foydalanishga qaror qilgan bo’lsangiz, u (ya’ni massajist) bolangizga yoqishi kerak. Massajist bolalar massajida tajribaga ega bo’lishi, bolalar psixologiyasida ham tushunchaga ega bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Agar siz tanlagan massajist ayol kishi bo’lsa, yanada yaxshi. Yosh bolalar ayollarga ko’proq talpinishadi, bundan tashqari bolalar massajida erkaklarda bor kuchga hojat yo’q.
2. Massajni och qoringa yoki ovqatdan keyin darrov qilish yaramaydi. Massaj uchun eng qulay vaqt bu – ovqatdan keyin qirq daqiqa o’tgan payt. Massaj bolani tetiklashtirar ekan, muolajadan so’ng bolangiz biroz e’tibor, muloqot, hatto uni erkalashingizni talab qilishi tabiiy. Shunday ekan, massajni kunning birinchi yarmida qilgan ma’qul.
3. Agar bolangiz yomon kayfiyatda bo’lsa yoki o’zini noxush his qilayotgan bo’lsa, yaxshisi massaj qilmang. Bundan bolangiz ham, siz ham foyda ko’rmaysiz.
4. Massaj uchun maxsus yoqimli hidli yog’lar, superkremlarni qo’llashga hojat yo’q. Hammasidan yaxshi va foydalisi bu oddiy kungaboqar yog’i hisoblanadi. Seans tugagach, bola tanasini sochiq bilan artib qo’ying, tana upasidan (tal’k) foydalanish shart emas.
5. Har seans davomiyligi 7-10 daqiqadan oshmasligi kerak. Harakatlar muloyim, yengil, qattiq og’riq sezdirmaydigan bo’lishi shart. Massaj bolaga foyda keltirsagina unga yoqadi. Massaj davomida bolaning kayfiyati va harakatlaringizga ta’sirchanligini kuzatib boring. Dunyoda yoqimsiz holatga chidaydigan birorta ham chaqaloq yo’q axir… hiqillash, “shikoyatli” yig’lash ota-onalarga signal bo’lib, seans o’tkazilish tartibi ko’rib chiqishni talab qiladi. Aksincha, bola jilmaysa, kulsa, qo’lchalari bilan harakat qilsa, so’zsiz ma’lumki, massaj harakatlari unga yoqmoqda va u ota-onasi bilan qilingan bunday muloqotdan mamnun.