SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.06.2025, 15:25
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Ona va Bola [16]
Qizlar Oshxonasi [34]
Salomatlik va Go'zallik [19]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 286
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Каталог сайтов » Go`zallik sirlari haqida » Ona va Bola

Ajrashish va bolalar
14.02.2014, 19:29
Ajrashish nafaqat er va xotin uchun, balki farzandlar uchun ham katta hayotiy zarbadir. Ajrashish va bolalar bir-biridan ajratib bo’lmas tushunchalardir. Oilada hamma ajrashish mashmashasiga duch kelganida, farzandlar bundan mustasno qolmaydilar. O’z hohishlariga qarshi ravishda, farzandlar ota-onalaridan biriga yon bosishlari kerak bo’ladi. Bu holat ularda g’amginlik, arosatda qolish, yolg’izlik umidsizlik va hatto bag’ritoshlik tuyg’ularini uyg’otadi. Fanzandlarga ota-onalari ularga xiyonat qilgandek tuyuladi.



Ajrashishda eng ko’p jabr ko’radigan aslida farzandlar. Ajrashishdan keyin er va xotinning hayoti tubdan o’zgaradi. Sizni ajrashishga bo’lgan munosabatingizning ahamiyati yo’q. Ajrashish siz uchun yechimi ko’rinmayotgan masalaning najotidek ko’rinsa ham, bolangiz buni umuman boshqacha qabul qiladi.



Bolalarning muhabbati oilavy baxt deya atalmish muhitda vujudga keladi va ota-onalar buni qo’llab quvvatlashlari lozim. Shuning uchun, ajrashishga hujjat topshirishdan oldin bu qaroringiz bolangizga qanday ta’sir qilishini o’ylab ko’ring. Ayrim paytlarda ota-onalarining ajrashishi bola uchun ham zarur bo’lib qoladi. Masalan, agar u har kuni shovqin-suronli urush va haqoratlarning guvohi bo’laverib, noto’g’ri muhitda o’sayotgan bo’lsa.



Ajrashish bolalarga qanday ta’sir qiladi?



Tabiiyki, ajrashish bolalar uchun katta halokat, axir ular oyisini ham, dadasini ham birdek yaxshi ko’radilar va ularni birga ko’rishni istaydilar. Ko’pincha bolalarda havotir uyg’onadi: ota-onam meni yolg’iz qoldirishsa-chi? Meni aybim nima? Ular meni deb ajrashib ketayotganlari yo’qmi? Do’stlarim nima deydi? Men nima qilishim kerak?



Bolalarning ajrashish jarayoniga munosabatlari turlichlicha bo’ladi. Depressiya, kamgaplik, g’amgin ko’rinish, uyqusizlik – bular ajarshishning bolaga bo’lgan ta’sirining ayrim natijalari. Ularda havotir va keraksizlik tuyg’usi paydo bo’ladi. Ota-onadan birortasinig uzoq vaqt davomida bo’lmasligi bolada qayg’u va ruhiy bo’shliqni vujudga keltiradi.



Bir so’z bilan aytganda, bolaning ajrashishga ko’rsatadigan munosabatini oldindan bilib bo’lmaydi. Birgina ota yoki ona bolaga alohida ravishda u muhtoj bo’layotgna ruhiy tasallini berolmaydilar. Ikkinchi turmush esa yana ko’p qiyinchilik olib kelishi mumkin: bolalar ota yoki onalarining ikkinchi turmush o’rtoqlarini qabul qilolmaydilar.



Ota-onalarga maslahat



Ota-onaning har biri shuni esda tutishi kerakki, bolalar juda ko’p narsalarda ota-onalaridan o’rnak oladilar. Bolalik – farzand o’sib katta bo’layotgan, ko’p yangi narsalar bilan tanishayotgan davr. Ota-onaning qarzi esa – bolaga yaxshi tarbiya olishida zarur bo’lgan muhitni yaratib berishdir.



bolangizga yangi turmush tarzi va bitta ona yoki ota bilan yashashga ko’nikishi uchun vaqt bering. Bo’lib o’tgan o’zgarishlardan keyin yangicha hayotga ko’nikish unga oson emas.
Boshidayoq farzandingizga ajrashishda uning aybi yo’qligini ayting. Ajrashishdan keyin bolalarda, odatda, hech qanday sabab ko’rinmasa ham aybdorlik hissi uyg’onadi.
Ajrashish sizni hech qachon bolaningizga bo’lgan majburiyatlardan halos qilamydi. Agar u siz bilan yashamayotgan bo’lsa ham, siz u bilan uchrashib, unga mehribonlik qilishingiz shart.
Hech qachon bolangizni siz tomonda bo’lishga majburlamang, va hech qachon uni juftingiz bilan bo’ladigan janjallarga aralashtirmang.
Переходов: 0 | Рейтинг: 5.0/1 | Теги: Ajrashish va bolalar
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2025Хостинг от uCoz