SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.06.2025, 13:09
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Ona va Bola [16]
Qizlar Oshxonasi [34]
Salomatlik va Go'zallik [19]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 286
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Каталог сайтов » Go`zallik sirlari haqida » Salomatlik va Go'zallik

Sistit qanday kasallik?
14.02.2014, 20:12
Sistit qanday kasallik? Sistit qovuq shilliq qavatining yallig`lanishidir. Statistika shuni ko`rsatadiki, 20% ayollar sistitning u yoki bu turiga yo`liqqanlar, 10% esa surunkali sistit bilan og`riydilar. Sistitda nimalar bezovta qiladi? · Qorinning past qismidagi og`riq.
· Tez-tez hojatxonaga borish

· Siydikning oz miqdorda chiqishi
· Jinsiy a’zolardagi achishish

Davolash Tekshiruv o`tkazgandan so`ng shifokor-urolog antebakterial va yallig`lanishni yo`qotuvchi dori-darmonlar bilan bemorni davolaydi. Bundan tashqari qovuqdagi qonning mikrosurkulyasiyasini yaxshilaydigan preparatlar va fizioterapevtik muolajalar ham foyda beradi. Noto`g`ri davolash yoki kasallikni o`tkazib yuborish sistitning surunkali formaga o`tishiga sabab bo`lishi mumkin. Bu holda og`riq va yoqimsiz hissiyotlar kamayadi yoki umuman yo`qoladi, lekin yallig`lanish prosesi davom etaveradi, natijada keyinchalik kasallik yanada o`tkir ko`rinishda namoyon bo`lib, uni davolash ancha qiyinlashadi. Sistitga nima sabab bo`ladi? 80% holatda sistitga ichak bakteriyalari sabab bo`lib, ular qovuqqa uretra orqali tashqi muhitdan kiradi. Bunga asosiy sabab ayollar jinsiy va siydik yo`li organlarining o`ziga hos anatomik tuzilishga ega ekanligidir: · Qisqa (2-5 sm) va keng uretradan mikroorganizmlar qiyinchiliksiz o`ta oladilar. · Jinsiy a’zo va yo`g`on ichak uretraga yaqin joylashgandir. Shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilmaslik yoki jinsiy yaqinlik oqibatida mikroblar uretraga, u yerdan esa qovuqqa o`tishi mumkin. · Shuningdek, mikroorganizmlar qovuqqa organizmdagi boshqa surunkali yallig`lanish o`choqlaridan qon va limfa suyuqligi bilan kelishi mumkin. · Mikroorganizmlar buyrakdan siydik bilan kelishi mumkin. Bundan tashqari allergik sistitlar, toksik va infeksion bo`lmagan komponentlardan kelib chiqqan sistitlar ham ma’lumdir, lekin ular nisbatan kam uchraydi. Mikroorganizmlarning qovuqqa tushishining o`zi kasallikka olib kelmaydi. Qovuqning ichki tomonidagi qoplama mikroblarning shilliq qavatga yopishishiga to`sqinlik qiladi. Sovuq o`tishi, vitamin yetishmovchiligi, toliqish tufayli yuz beradigan immunitet pasayishi himoya qoplamasining yemirilishiga olib keladi. Natijada bakteriyalar qovuq shilliq qavatining hujayralariga yopishib yallig`lanishni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari yallig’lanishga ko`p o`tirish yoki o`ta tor kiyim kiyish natijasida qovuq va kichik tosda qon aylanishining buzilishi ham sabab bo`lishi mumkin. Sistit tashxisi Sistit o`ta noxush kasallikdir. U qorinnig past qismida og`riq paydo bo`lishi bilan boshlanadi. Og`riq qovuqning to`lib borishi sayin yanada zo`rayadi. Siydik chiqarish paytida kuchli og`riq, tashqi jinsiy a’zolarda achishish kuzatiladi. Qovuqda oz miqdorda siydik to`planishi ham hojatxonaga boorish ishtiyoqini keltirib chiqaradi. Hattoki bemor har 15-20 minutda hojatga qatnaydi. Bu hol nafaqat kunduzi, balki kechasi ham takrorlanaveradi. Siydikning rangi xiralashib, ba`zan qontalash tusga kiradi. Sistit profilaktikasi: · Surunkali stress, uyqusizlik, sovuq qotishdan himoyalanish. · Parhezga e’tibor berish: meva va sabzavot iste’mol qilishni ko`paytirib, achchiq, yog`li, qovurilgan va dudlangan yeguliklardan tiyilish. · Kuniga 2-2,5 litr suyuqlik ichish. · Qovuqda uzoq vaqt siydik to`plamaslik
· Shaxsiy gigienaga amal qilish (jinsiy a’zolarni yuqoridan pastga emas, pastdan yuqoriga yuvish maqasadga muvofiqdir, bunda bakteriyalarning siydik yo`liga o`tishining oldi olinadi).



Mufazzal tayyorladi
Переходов: 0 | Рейтинг: 0.0/0 | Теги: Sistit qanday kasallik?
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2025Хостинг от uCoz