SHERLAR.BIZ Payshanba, 26.06.2025, 13:43
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Ona va Bola [16]
Qizlar Oshxonasi [34]
Salomatlik va Go'zallik [19]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 286
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 3
Mexmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Каталог сайтов » Go`zallik sirlari haqida » Salomatlik va Go'zallik

Ginekologik massaj
14.02.2014, 20:21
O'quvchilarimizdan ginekologik massaj haqida ma'lumot berishimiz haqida so'rovnoma tushgan edi. Quyida shu so'rovnoma bo'yicha maqola berayapmiz

Ginekologik massaj bachadonning noto’gri (orqaga egilgan, o’ngga yoki chapga siljishi, pastga tushishi) holatlarida, bachadon muskulining yetarli qisqarmasligi oqibatida kelib chiqadigan qon kelishida, trubalarning, tos qorin bo’shlig’i va biriktiruvchi to’qimalarning surunkali yallig’lanishida (shamollashida) qo’llaniladi.

Ginekologik massaj, shuningdek, bachadonning kuchsizligida va uning yetarlicha qisqarmasligi holida ham buyuriladi. U kichik tosda uloqlar, spaykalar (спаек), keng va dumg’aza-bachadon to’qimalari va qorin sohasida bachadon va uning qoshimcha qismlarini qoplab olgan chandiqlar mavjud bo’lganida samara beradi.

Massajning samarali bo’lisining eng asosiy shartlaridan biri – tash’hizning mutlaq to’g’ri qo’yilishidir.

Massaj boshqa davolash usullari bilan qo’shib olib borilganda eng yaxshi samara beradi.
Massaj kichik tosdagi a’zolarda qon aylanishini yaxshilaydi, qon aylanish va limfa tizimidagi turg’unlik hodisalarini kamaytiradi, tonus va bachadon muskullarining qisqarish funksiyasini ko’taradi. Bundan tashqari, chandiqlar yo’qoladi, bachadonoldi to’qimalaridagi shamollash oqibatida paydo bo’lgan infiltrat qoldiqlari so’rilib ketadi. Bunday amaliyotdan so’ng bachadon o’zining normal holatiga qaytadi. Shuningdek, massaj tuxumdonlarning axvoliga, menstrual faoliyatga ijobiy ta’sir ko’rsatadi, ichaklar va qovuq faoliyatini bir maromga keltiradi.

Massaj ginekologik kreslo yoki maxsus massaj stolida o’tkaziladi. Bunda ayol o’zini bo’sh qo’yib yotishi juda muhim. Birinchi seans paytida vrach ginekologik ko’rik o’tkazib, bemorga albatta qorin muskullarini bo’sh tutish va to’g’ri nafas olishni o’rgatadi. Shundan keyingina ginekologik massaj qilishga kirishadi. Massaj 3-12 minut davom etadi, seanslar soni va orasidagi dam olish muddati vrach tomonidan belgilanadi.

Malakali mutaxassis massajni o’ta yumshoq, bemor uchun og’riqsiz amalga oshiradi. Og’riq yohud yoqimsiz hislar paydo bo’lishi bilan u harakatlar jadalligini kamaytiradi, bemor kuchli og’riq borasida shikoyat qilsa, massajni to’xtatadi.
Переходов: 0 | Рейтинг: 0.0/0 | Теги: Ginekologik massaj
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт
Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2025Хостинг от uCoz