Tun chog'ida qilib ibodat, Senga yig'lab duolar etdim. Esga tushib asri saodat, Robbim seni sog'inib ketdim.! Jannatdagi Jamoling o'ylab, Bosh sajdada yuragim tig'lab. Joynomozning ustida yig'lab, Robbim seni sog'inib ketdim.! Garddanimda gunohim bisyor, Lek qalbimda muhabbatim bor. Ko'z yoshimda sog'inch isi bor, Robbim seni sog'inib ketdim.! Qalbim uchun izlablar malham, Sen tomonga tashladim qadam. Ukkoshadek oqizib jolam, Robbim seni sog'inib ketdim.! Qalbimdasan emassan yiroq, Xush Kaloming yo'limda chiroq. Haq yuborgan elchingdan ko'proq, Robbim seni sog'inib ketdim.! Foniyga hech qilmasman havas, Meni sodiq qulim desang bas. Abu Bakr yo Umarnimas, Robbim seni sog'inib ketdim! Ishqim sanga sangadur yo'lim, Duodadur hamisha qo'lim. Shuning uchun lazzatli o'lim, Robbim seni sog'inib ketdim.! Sinovingdan qani o'tolsam, Jannatlarda seni ko'rolsam. Qani seni ko'rib yig'lolsam, Robbim seni sog'inib ketdim.! Bandasini sevganni ko'rib, Ahvoli ne bo'lganin bilib. Bu dunyoni tomom unutib, Robbim seni sog'inib ketdim.! Raxmatingdan hamon umidvor, Senga ketmoqlikni istadim takror. Garchi ko'rmaganman o'ttiz bahorni, Robbim seni sog'inib ketdim.! Mangu qolmas balki izlarim, Seni ko'rsa bo'ldi ko'zlarim. Yig'lab qolsa mayli do'stlarim, Robbim seni sog'inib ketdim.! Qabristonga boqib ma'noli, Endi bildim hayot asli ne. Sen Robbimsan meni qulim de, Robbim seni sog'inib ketdim.! Jonga tegdi inson jafosi, Kerak emas menga dunyosi. Sodiq quling qalbi duosi, Robbim seni sog'inib ketdim...
ULFATLAR Poezdda ketardi to‘rt-beshta ulfat, Har kim o‘z kasbini maqtardi faqat. Birovi dediki, katta do‘xtirman, Biri moliyada, dedi, o‘tkirman. Har kimga yor bo‘lsin nasibasi, bas Xullas, biror ulfat bekorchi emas. Lekin bitta sherik doim jim edi, U ham tilga kirib, maqtanib dedi: – Men na oluvchiman, na sotuvchiman, Toshga ishqibozman, tosh otuvchiman. SO’NGGI MAKON Qayga borib qo‘nar uchayotgan sor, Qaysi joyda to‘xtar yuguruk ohu? Javob berib bo‘lmas bu gapga zinhor, Bu jihat yopiq, deb aytilgan, yohu. Uzoq yillar yashash har kimga armon, Garchi dunyo o‘zi foniy, muvaqqat. Filda ham bor emish eng so‘nggi makon, Insonga buyursin Vatani faqat. 28.05.2015 KAPALAK Bir kun yashar ekan ba’zi kapalak, Tabiatning bunday o‘yiniga boq. Maqsadi shunchaki yashashmas, demak Nasl qoldirmoqdir, avlod qoldirmoq. Juda rahmim kelar sho‘rlik bu jonga, Ko‘rdi tiriklikni atigi bir kun. Boqib ulgurmagan balki osmonga, Balki yo‘qmiz biz ham kapalak uchun. Yetmas barchasiga odamning aqli, Butun olam o‘zi topishmoq go‘yo. Uzoq yashaydigan ikki oyoqli G’alati zotlardan iborat dunyo. Ularning ishlari egrilik aksar, To‘g‘rilik ustidan bo‘lay der g‘olib. Kapalak ikki kun yashaganda gar, Gerbariy qilardi albomga solib. Ushbu she’rim uchun ma’zur tut, jo‘ra, Dema, kapalakdan shunchami malol? Mudom hadik bilan yashashdan ko‘ra, Ertaroq ketish ham afzal, ehtimol. 29.05.2015 TUSH Olisdasan zamindan – yerdan, Yetolmaydi birorta chaqin. Yaqin bo‘lib qolasan birdan, Millimetr. Undan ham yaqin. Odam buncha muattardir, oh, Bo‘ylaringdan bo‘laman sarxush. Ko‘z ochaman uyqudan nogoh, Ko‘tarilar oramizdan tush. 29.05.2015 YURAK Yurak mulki ichra yastanib yotar Gobi sahrosi-yu Pomir tog‘lari. Dengizlar, daryolar qator va qator, Semiramidaning osma bog‘lari. Unga qo‘li yetmay yurganlar qancha, Termula-termula tolgan ne ko‘zlar. Lekin kaslar ham bor, unga boqqancha Bor-yo‘g‘i sichqonning inini izlar.
O’JAR BOLA Ajoyibdir nevara xalqi, Xayoliga ne kelsa so‘rar. Erinmaydi bobo ham, balki Shu sababdan bola xush ko‘rar. Bidirlaydi tinmay bolakay: – Bobo, buni maylimi yesam? Bobo deydi: – Shoshmagin, hay-hay, Bu pishmagan g‘o‘ra-ku, bolam. Bola endi arazlaydi sal: – Yema deysiz barini, bobo. Bularni men ko‘rganman avval, Tayyorlagan ayam murabbo. Otam esa tinmay she’r yozar, Bobo, she’rni bo‘ladimi yeb? Bu dunyoda boladay o‘jar Va nodonni bo‘lmaydi topib. Xushyor tortar da’fatan bobo, Chimiradi o‘siq qoshini. O’ylab turib deydi so‘ng: – Ammo Yesa bo‘lar she’rning boshini. 23.05.2015 IKKINCHI KO’RINISH Ko‘rinishdan xursand, hatto hazilkash, Uncha-muncha gapga qilmaydi parvo. Lekin siyratini dard yeydi yakkash, Bundayin azobdan asrasin Xudo. Mana bu banda ham o‘zi bilan band, Suratida loqayd, teran sukutda. Ko‘z yumib, o‘y surar avliyo monand, Faqat farqi shuki, yotar tobutda. 24.05.2015 BOYQARO Koshonaning ko‘rkam bog‘ida Savlat to‘kib, amirlar aro, Chog‘ir ho‘plab gohi-gohida, Osh yer edi sulton Boyqaro. Birdaniga qisildi ko‘krak, Birdaniga yo‘qoldi orom. Bir luqma osh – ichida so‘ngak, Tomog‘iga tiqildi, tamom. Ahli tabib shu zahot boqib, Afsungarlar bo‘ldilar giryon. Ko‘zda yoshi daryodek oqib, Arang nafas olardi sulton. Oyu yillar o‘tdilar sekin, Yurt ham bunga ko‘nikdi hatto. Ba’zi dard bor, o‘ldirmas, lekin Hamroh bo‘lar Mahshargacha to. Eshitgan do‘st albat qon yutgan, Na g‘animlar bundan rizodir. Bu – sultonning o‘zi qatl etgan Nabirasi Mo‘min Mirzodir. 26.05.2015 TELYEFON Itga telefon ber – yuraveradi, Lekin itligicha turaveradi. Agar nomeriga adashib tushsang, “Kimsan?”, “Nimasan?”, deb huraveradi.
OMAD Soch-soqoling o‘smasa agar Sartaroshga bormaysan, jo‘ra. Omad kelsin deysan har safar, Ehtiyojing, holingga ko‘ra. O’z nonini chakkasiga yeb Yurgan emas lekin omad ham. Meni yana chaqirsinlar, deb Cho‘ntagingni qilar ship-shiydam. 21.05.2015 PAXSA UY Bobolardan qolgan paxsa uy, mana, Obdon oyoq bilan pishitilgan loy. Qurilgan chog‘ida bunday boshpana Bor edi na qal’a, na biror saroy. O’tib necha asr, balki milyon yil, Olimlar qazishar yerni galma-gal. Ularga topildiq oddiy paxsa-gil, Ganchdan ham qadimiy, marmardan avval. – Zarur bo‘lsa qurgan koshonamga boq! Bu – Hazrat Temurning mag‘rur so‘zlari. Qo‘shni devorda-chi, turibdi shundoq Paxsakash ajdodning panja izlari. Binolar bo‘y cho‘zar endi paydar-pay, Axir biz guvohmiz boshqa ayyomga. Biroq she’rlar yozib, ichgan bilan may Teng kela olurmi birov Hayyomga. Shundoq turfa erur aslida odam, O’zini har ishda etgay namoyon. Uning bir oyog‘i oyda bo‘lsa ham, Biri paxsa loyni tepkilar hamon.
BEMORLAR Ishdan chiqib qolgan bizning jismimiz, Yo‘lga boshlab yurar qolgan qismimiz. Hammamiz barobar shifoxonada, – Navbatdagi bemor! – Bizning ismimiz. 16.05.2015 KOSMODROM Kosmodromga tun cho‘kar asta, Chor-tevarak odamga to‘liq. Bir tomonga sotilgan chipta, Marsga borish. Lekin qaytish yo‘q. Yer yuzini bosgan sukunat, Juda og‘ir, juda ham og‘ir. Olis yulduz miltirar faqat, Ko‘z yoshidek tomchilar yomg‘ir. Radioning bosiq ovozi Bu holatni buzar dambadam: – Insoniyat sizlardan rozi, Rozidirsiz axir sizlar ham. Fazogirlar ro‘yxatin kimdir, So‘nggi marta o‘qib, yo‘qlaydi. Hayrat ichra olomon jimdir, Faqat birov piq-piq yig‘laydi. Odamzotning tarixida bu, Ro‘y bermoqda bamisoli tush. Ayrilishar tiriklay mangu, Bo‘lib o‘tar so‘nggi xayr-xush. Bir hasadgo‘y qiyqirar shu on: – Yovim ketdi, endi men hurman. Bilib qo‘ygin, ey ko‘hna jahon, O’zim qoldim, hammadan zo‘rman! 17.05.2015 TO’TIQUSHIM – Tog‘ ortida bor edi qo‘ram, To‘tiqushim – chiroyli biram. – Bobo, undan qachon ketgansiz? – To‘rt ming yilcha bo‘ldi, nabiram. 17.05.2015 ANGLASH Qandoq ta’sir qildi senga u bayram, Nechuk vayron etdi yoki u firoq? Magar avliyolar piri bo‘lsa ham, Seni anglayolmas sendan yaxshiroq. O’zingdan boshqaning hammasi ulug‘, Egalik qilishar umringga to‘liq. Ko‘zing hozir nammi va yoki quruq, Seni anglayolmas sendan yaxshiroq. Olim tahlil qilar yozgan she’ringni, Avval so‘rab olar tuqqan yeringni, So‘ngra ayta boshlar nima deringni, Seni anglayolmas sendan yaxshiroq. Yovlar qurshovida ulg‘ayding, o‘sding, Goho noming bilan yo‘llarin to‘sding, Hatto jigarbanding, hattoki do‘sting, Seni anglayolmas sendan yaxshiroq. Faqat anglar seni yaratgan Xudo, Mushtipar ona ham emas mustasno. Lekin o‘taversin har ikki dunyo, Seni anglayolmas sendan yaxshiroq
APRYEL SOVUG’I Sovuqni yubordi Alloh dargohi, Duv-duv to‘kildilar daraxtlar ohi. Kattalar tanbehga balki loyiqdir, Lekin bolalarning nedir gunohi? 11.05.2015 ILTIJO Insonlikka ishondim men ham, Garchi qoldim yolg‘iz va g‘arib. Shafqat qilgin, yaratgan Egam, Ishonchimni olma qaytarib. Jondan ortiq sevgandim uni, Oh, xotira bo‘lib qolmagin. Parvardigor, o‘sha tuyg‘uni Yuragimdan yulib olmagin. 12.05.2015 BOZOR Bozor hamma yo‘lni yubordi burib, Sohib qalblarning ham izlari qurib… Yo Rab, anglaydigan odam topilsa, Yig‘lardim, poyiga boshimni urib. 12.05.2015 ALDOV Bizlarni aldabdi sho‘rolar chandon, Barchangiz yetuk deb, yalpi savodxon. Og‘rigan joyimni keyin bilibman, Vo ajab, bunchalar ko‘p ekan nodon. 12.05.2015 KULFAT Seni nechuk do‘st deyman axir, Maqtamasman hatto jo‘rttaga. Deysan, kasal bo‘libdi shoir, O’lsa kerak yaqin o‘rtada. Komillikni uchratganing dam Topolmassan borar yeringni. Go‘zal san’at, oddiy bir she’r ham Shilib olar go‘yo teringni. Mening xalqim yovni ko‘p ko‘rgan, O’zimizdan chiqqan sen – kulfat. Sendaylarni tug‘ib, o‘stirgan Onalarga achingum faqat. 13.05.2015 QANOAT Bolam, umid bilan yashagin, biroq Hayot baland-pastin bo‘yningga olgin. O’zing kabilarga yaqin bo‘l ko‘proq, Qol, desa mardlarning yonida qolgin. Kattakon karvonga mansub bo‘lsa ham Gadoning rutbasi gadodir doim. Omad bilan imkon mangu biri kam, Faqat teng yaratgan nafsni Xudoyim. Kiborlar ichiga adashib kirgan Qalandar u joydan albatta bezgay. Yo‘qsilning davrasin bir bora ko‘rgan Boylar ham o‘zlarin ortiqcha sezgay. Inson umid bilan yashaydi, ammo Ruhini ezgaydir xorlik, kamu ko‘st. Alloh ayirmasin rizqidan aslo, Yo‘qdir, qanoatdan ortiq biror do‘st. Sira rostlanmaydi bukri bu olam, Bizlar-chi, o‘tamiz takbirlar aytib. Shundoq degan ekan jo‘mard bir odam: – Fazolarga uchsam kelmasdim qaytib!
DARSLIK TUZUVCHI Baland ekan g‘oyat shiddating, Tahriring bor balki hayotga. Bobong bilan momong suratin Kirgizib qo‘y adabiyotga. Chetda qolar Oybek va Qahhor Ko‘rgazmasang agarda shafqat. Lekin sendan bir o‘tinchim bor: Navoiyga tegmagin faqat. 09.05.2015. HAMJIHATLIK Qadimda yashagan ekan bir xoqon, Davlati qudratli, xalqi farovon. Lekin bir kun qo‘zib fotihlik dardi, O’zga mamlakatga xufya yubordi. O’sha tomonlarga darhol yel, dedi, Qudrati nimada, bilib kel, dedi. Kunlar o‘tib oxir, xufya ham qaytdi, Barcha bilganlarin birma-bir aytdi. Dedi: – Kirmas bunga o‘rmon, soyligi, Boyligi ko‘p ekan, ko‘pdir boyligi. Jim o‘tirgan hoqon birdan tutoqdi, Qahrli so‘zlari daryoday oqdi. Dedi: – Men chinorman, u esa cho‘pdir, Undan boyliklarim yuz bora ko‘pdir. Menga ma’qul emas ushbu xabaring, Ko‘rinma ko‘zimga, sotqinsan baring. Ikkinchi xufyani topdi-ku xoqon: – Sirni sen bilib kel, yugur, chopag‘on. Xufya borib keldi, bamisli shamol, Ko‘rganin yetkazdi hoqonga darhol: – Men borga joylarda yaroq ko‘p ekan, Har yon qilich-qalqon, minglab to‘p ekan. Bu gapni eshitib qichqirdi hoqon: Dedi: – Qurolimni ko‘rmabdi jahon. Qimirlagan jonga berganman yaroq, Qilich taqib olgan hatto chaqaloq. Quturgan tuyalar, sovutli fillar, Ko‘rsa tildan qolar ne mag‘rur ellar. Menga dushmanimni turibsan maqtab, Hoqon bunisin ham yubordi haydab. Endi yo‘lga chiqdi xufya – uchinchi, Aralashib ketdi yolg‘onchi, chinchi. U ham qaytib keldi bir muddat o‘tkach, So‘zladi, hoqonning etagin o‘pgach: – Sizga fido bo‘lsin xufiya bu jonim, Sirni bilib keldim, tinglang, xoqonim: Ularda bir orzu, bir niyat ekan, Hammasi jips ekan, hamjihat ekan. O’rnidan qalqarkan boymi, kambag‘al, Vatan degan so‘zni eshitgan mahal. Xoqon so‘z demadi, og‘ir tin oldi, Taxtiga yonboshlab, o‘ylanib qoldi. Dedi: – Bunday yurtni olib bo‘lmaydi, Olsang ham, izmingga solib bo‘lmaydi. Safarning bu yo‘lin yopingiz menga, Tarqoqroq davlatni topingiz menga
TOLSTOY Siz ulug‘ siymosiz, tengi yo‘q daho, Bizga ijodingiz hamroh doimo. Lekin uydan qochish rejangiz qayda? Menga o‘sha zarur, Tolstoy bobo! 07.05.2015 INSON Birovni maqtasang, yolg‘on, deydilar, O’zingni maqtasang, nodon, deydilar. Barchani lutf ila to‘rga chiqarib, Poygakda o‘tirsang, inson, deydilar. 07.05.2015 BANDLIK Nafaqachi deb bilmang meni, G’oyat bandman, juda ham bandman. Poygalarni unutib, endi Omoch tortgan otga monandman. Bilib, sezib yuribman men ham, Atrofimda qancha do‘st va yov. Balki qay bir qalamkash jo‘ram Kutib turar mendan ham maqtov. Har kun bir gap chiqadi, shukur, Muammolar uchrar qadamda. Charchamaydi g‘animim tushkur, Yiqitmoqchi bo‘lar har damda. Yumushim ko‘p, och qolar axir Men bo‘lmasam, hasadgo‘ylarim. Boz ustiga tinmas, besabr, Qalbimdagi she’rim, o‘ylarim. Hali meni kutmoqda safar, Buyuk do‘stim – hayotga vido. Ahvolimni tushun, birodar, Juda bandman, ba haqqi Xudo. 08.05.2015 TADBIR O’tkazamiz keling bir tadbir, Yarim asr ortga qaytamiz. Kim ham bilib turibdi, axir, Birgalashib yolg‘on aytamiz.
NAMOYISH Osmoni falakda chiqdi farmoyish: «Somonchi yo‘lida o‘tsin namoyish! Qatnashsin katta-yu kichik davlatlar, Barcha qit’alardan, barcha davlatlar». Chindan ko‘rik bo‘ldi g‘oyatda katta, Olam yig‘ilgandi axir paradda. Nayzasin ko‘tarib Afrika o‘tdi, «Tam-tam» ovozlari samoni tutdi. Ular kiyib olgan turfa libosin, Biri filin mingan, biri qo‘tosin. Osiyo yetaklab bolalarini, Aravaga ortgan bombalarini. Biznikilar o‘tdi xushnud va g‘olib, Paxta chanog‘ini qo‘liga olib. O’tdilar, deyishib akani opa, Jinsni farqlay olmay qolgan Yevropa. Turli o‘yinning ham borligi durust, Raketasi bilan qo‘rqitdi o‘ris. Hamma yoqni bosgan turli shtablar, Rejessyorlik qildi o‘zi – Shtatlar. Tomosha oxirlab qoldi-ku qariyb, Oh, hech kim o‘tmadi kitob ko‘tarib. 04.05.2015 MUXLIS Balki notanishsan, balki qarindosh, Fikrdosh, suhbatdosh, safardosh, yo‘ldosh. Shoirning muxlisi bo‘lmasang agar, Uni sevolmassan, bilib qo‘y, yurtdosh. 05.05.2015 ORIYAT Yer yuzin tasmadek olgandir o‘rab, Turfa qavmlarning safi, qatori. Bir yonda boyonlar turishar qarab, Ishlarin hamisha kelgan barori. Bir yonda yo‘qsillar tizilgan borho, Boshqalar singari yaxlit jamoat. Lekin tilanishdan charchamas aslo, Balki sharaf erur bundayin odat. Uchinchi qator bor, uchinchi qator, Xayru ehson kutib, tiz cho‘ka qolmas. Ular noyob zotlar, oriyati bor, Oltin tanga uzat, baribir, olmas!
Abdulla Oripovning siz eshtmagan she'rlar to'plami
ZIYOLI Hech kimga ziyoni tegmaydi aslo, Boqsalar – ko‘zlari qiyolilarim. Lekin maqtov kutar qushdan ham hatto, Mening aziz qavmim – ziyolilarim. To‘g‘ri, bir ozgina og‘ziga botir, Bir oz xayolparast, bir oz havoyi. Bir boqsang, o‘zini ataydi Bobur, Bir boqsang, tasavvuf piri – Navoiy. Ularning fe’lini o‘rganmoq darkor, Bu gap bab-baravar hammasiga xos. Xayoli bo‘lsa-da puch hamda bekor, O’zlari ishonar unga ro‘yi-rost. Deydi, tongga qadar yozdik xumorni, Shukur Burhon bilan o‘tirdik ancha. Ming afsus, benazir, ulug‘ aktyorning O’tib ketganiga bo‘lgandir qancha. Deydi, qarab turar bizlarga millat, Kecha ko‘rib keldik, uyiga borib. Mendan so‘rab oldi ko‘plab maslahat, Xursand bo‘lib qoldi Abdulla Orif. Ba’zida unvonlar hidini sezib, U darrov o‘zini ramkaga solar. Goho dabdurustdan kallasi qizib, Nobel mukofotin talashib qolar. Farishta qavmini ko‘rmadim hech vaqt, Demak, Iblisni ham uchratmadim, bas. Lekin bir oz o‘trik, bir oz mahobat, Ziyoli xalqiga begona emas. Asl ziyolidir millatning yuzi, Hatto seziladi sirlilik ham sal. Uning «Sog‘ayasiz!» degan bir so‘zi, Yuzaki taskindan ming bora afzal.
Bola bo'lsang sho'x bo'lgin - exx mana xalqni eng xato maqoli, keyin u bola ahmoq bo'ladida o'z bolasini ko'rib unga shunday maqol ishlatadi (Ahmad Ali Dilmurod)
O'g'lim jigar go'sham qalbim sururi, Etibor berma ko'p g'amgin izlarga, Yaxshisi hayotning eng tezkor nuri, Namoz o'qib duo yubor bizlarga. Xaqqimga duo qil yig'lab hilvatda, Doim qatnashib yur ilmiy suxbatda, Dunyoning ishlari bitar albatta, Naqorat... Omon bo'lsin deyman hamisha boshing, Qadrla shiddatla o'tayotgan yoshing, O'zinga buyursin yuz kilo oshing, Naqorat... Unut tiriklarga tegishli qoida, O'zga qoidalar biz kelgan joyda, Yig'lab eslashingdan yo'q ekan foyda, Naqorat... Ramazon oyida ro'zengni tutib, Zakoting kerakli manzilga yetib, Qurbing yetsa Baytni ziyorat etib, Naqorat... Hayot qadriga yet tirik onlarda, Hali imkoniyat bordir jonlarda, Boshqa taom yo'qdir biz tamonlarda, Naqorat... Ayovsiz shamoldek yelmoqda fursat, Unda sen iymoniy qirrangni ko'rsat, Qasrlar qurishni bir zumga to'xtat, Naqorat... Yangi hayotimga keltirmagin dog', Biz yashar maskanlar o'zgacha chorbog', Qishda o'tin bo'lar yozda salqin bog', Naqorat... Farzanding talabin hargiz kulib ber, Ayolinga mayli dunyo olib ber, Lekin qabrliklar faqat bir so'z der, Naqorat... Bolam o'ynab kulgin qalbingni o'rab, Biroq bir holatni his etgin yurib, Uyaliy aloqeng o'chirib turib, Naqorat... Ishini o'ngla yordam kutgan xomushni, Bajargil yetimdan qolgan yumushni, Va lekin unutma asosiy ishni, Naqorat... Azaham o'tadi o'tar zavqli to'y, Tugaydi bir kuni jamiy hayol o'y, Boshqa ish faydasin bermas bilib qo'y, Namoz O'qib Duo Yubor Bizlarga...
Do’stim yaqinlarni qiling ziyorat, Tutgan ro’zalaringiz bo’lsin ijobat. Eng yomon ishingiz bo’lsin ibodat, Juma ayyomingiz bo’lsin muborak! Dunyo ishlaridan yengilmangiz hech, Har bir qiyinchilikni yengib o’tingiz. Ming chiranib yig’latishga urinsalar ham, Juma ayyomida hursand bo’lingiz! Bu dunyo tashvishi ado bo’lmaydi, Halol yashasa inson gado bo’lmaydi. Do’stligimiz abadiy bo’lsin iloyim, Qalbimizga insof bersin Hudoyim!
1. Payg’ambarim Muxammad. Men esa unga ummat. Ey xudoyim qil himmat. Iymonimdan ayirma. Haq yo’lni haq deb bilay. Xaromdan xazar qilay. Ojizga yordam beray. Iymonimdan ayirma. Rostgo’y halol bo’layin hurmat topayin. Oq sutimni oqlayin. Iymonimdsan ayirma!(JasurSam)