SHERLAR.BIZ Sheshanba, 07.05.2024, 23:34
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Fevral » 11 » Xatdagi sevdi xayot davom etadi
17:11
Xatdagi sevdi xayot davom etadi
(Hayotiy Voqea) Maktubim
orqali sizga yetkazmoqchi
bo‘lgan voqeaga munosabat
bildirishingiz va to`g`ri xulosa
chiqarishingizni istar edim.
Negaki, yana kimdir qachondir mening ahvolimga
tushib qolishi mumkin.
Shundan cho‘chiyapman. Bu
voqea bir yaqin dugonamning
hayoti va bizning darz ketgan
do‘stligimiz bilan bog‘liq... Dugonam bilan institutga
hujjat topshirayotgan
paytimiz tanishganman. U
o‘zining go‘zalligi, shirin
muomalasi, odob-axloqi, og‘ir-
vazminligi bilan e'tiborimni tortdi. Imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
Ikkimiz ham talabalar safiga
qo‘shildik. U bilan bir guruhda
o‘qiy boshladik.
Guruhimizdagi barcha
talabalar iqtidorli edi, ahil-inoq kursdoshlarga aylanib ketdik.
Bizga hammaning havasi
kelardi. Men dugonam bilan
yanada yaqin, chin do‘st bo‘lib
qoldim. O'qish davrida
dugonam darslarga faol qatnashib, a'lo baholarga
o‘qib, kursdoshlar orasida
ajralib borardi. Oradan bir yil
o‘tar-o‘tmas u menga to‘yi
bo‘layotganini ma'lum qilib
qoldi. Hamma qizlar uni tabrikladik va har xil
savollarga ko‘mib tashladik.
Uning esa, negadir yuzida
xursandchilik sezilmasdi.
Darslar tugagach, yoniga
borib, nima bo‘lganini so‘radim. U kelin bo‘lib
tushmoqchi bo‘lgan oila eski
qadrdonlari bo‘lib, nihoyatda
boy-badavlat, ota-onasi uni
majburlab turmushga
berayotgani, ammo o‘zi norozi ekanligini aytib qoldi.
Men undan norozilik sababini
so‘radim. U negadir ko‘ngli
chopmayotganini, umuman,
boshi qotib, aniq fikrga
kelolmayotganini aytdi. Men yana so‘radim: — Ahdu
paymon qilgan yigiting
bormi? — Yo‘q, — dedi u
qat'iy. — Men umuman sevgi
muhabbat degan narsalarga
ishonmayman. Ma'lum bo‘lishicha, u turmushga
chiqayotgan yigit oliy
ma'lumotli, ishbilarmon inson
ekan. Yigitning otasi bo‘lajak
kelinini hech narsaga zoriqtirib
qo‘ymasligini, o‘qishini bitirib olishiga qulay sharoit yaratib,
shartnoma pullarini oxirigacha
o‘zlari to‘lashini va'da qilibdi.
Men uning ayni damdagi
vaziyatini taqqoslab ko‘rdim.
— Sen norozi bo‘lma. Qizini turmushga berish, o‘g‘lini
uylantirish har bir ota-onaning
farzi. Turmush qilish har bir
yigit-qizning boshida bor, ota-
onalar farzandlariga yomonlik
sog‘inmaydilar, — dedim uni koyigan ohangda hamma
biladigan haqiqatlarni eslatib.
— Balki, o‘z orzularingga
erishish uchun bu ham bir
yaxshi imkondir. Vaqt o‘tdi.
To‘y kuni yaqinlashar edi. Dugonam esa kun sayin ozib-
to‘zib borardi. To‘y
shahrimizning eng hashamatli
restoranlaridan birida bo‘lib
o‘tdi. Dugonam kelinlik
libosida yanayam go‘zallashib ketgan edi. Kursdoshlar bilan
uzoq vaqt dugonamning to‘yi
haqidagi taassurotlarimizni
gapirib yurdik. O`qishga
kelganida qizlar uni o‘rtaga
olib, kelinlik qiyin emasmikan, kabi savollarni yog‘dirishdi.
Dugonam esa qimtinibgina:
«Hammasi yaxshi, kelinlikning
ham o‘ziga yarasha gashti
bor», — deb javob berardi.
Oylar o‘tdi. Dugonamning homilador ekanligini eshitib,
hammamiz xursand bo‘ldik.
Kunlarning birida u mening
yonimga kelib: «Juda ham
siqilib ketdim, ichimdagilarni
senga aytamasam bo‘lmaydi, dugonajon, — dedi. — Ota-
onamga bu gaplarni ayta
olmayman». So‘ng kelinlik
uyidagi ahvolni tasvirlab
ketdi, ya'ni to‘y oldidan
aytilgan barcha va'dalar unut bo‘lganini, o‘qishning
shartnoma pulini to‘lashdan
bosh tortishib, aksincha, o‘zi
pul topib to‘lamasa, o‘qishni
yig‘ishtirishini talab
qilishayotganini, homilador emasmi, hatto boshqorong‘i
bo‘lganida oddiy olma
keltirish ham ularga malol
kelayotganini bir-bir aytib,
o‘ksib-o‘ksib yig‘ladi. Xullas,
dugonamning dardlari sanoqsiz edi. Uqishining
shartnoma pulini o‘zining
otasi bir amallab to‘labdi.
Keyingi o‘qish yilini qanday
o‘tkazishini tasavvur
qilolmay qiynalyapti ekan. Bir kuni u o‘qishga bir ahvolda
ketdi. Hech kim bilan
salomlashmadi ham. Uyida
nimalar bo‘lgani qorong‘u.
So‘rashga yuragim dov
bermadi. Darsni ham parvoyi falak o‘tkazdi. Unga qo‘shilib
men ham bir ahvolga tushdim.
Institut darvozasigacha
yonma-yon bordim. U menga
qarashni istamasdi. Nima
desam bu mehribon va munis dugonamni ovutishim,
dardiga malham bo‘lishim
mumkin deb, ming xil omil
qidirardim. Bir jumla taskin
so‘z topolmay o`tganimdan
ezilardim. Bir vaqt, kutilmaganda u men tomon
shart o‘grilib, baqirib qolsa
bo‘ladimi... — Hammasiga sen
aybdorsan! Sening
maslahatinga kirib, men shu
xonadonga kelin bo‘ldim. Hayotim kun sayin
jahannamga aylanib
borayapti! Sen esa ustimdan
kulib yuribsan! Sen ham
mendan besh battar
bo‘lishingni istayman! Seni yomon ko‘raman! Menga
yaqin yurma!
Категория: Sevgi dunyosi | Просмотров: 905 | | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Fevral 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz