SHERLAR.BIZ Dushanba, 29.04.2024, 13:00
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2014 » Fevral » 14 » Toshkentda 75 yashar otaxon kompyuter savodxonligi kursini tugatdi
16:05
Toshkentda 75 yashar otaxon kompyuter savodxonligi kursini tugatdi
"Beshikdan to qabrgacha ilm izla” degan hikmat shu kunlarda Toshkentda o‘z amaliy ifodasini topdi. 75 yashar otaxon "Kompyuter savodxonligi asoslari” kursini o‘qib tugatdi. Bu haqda Liliya Nikolenko Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Postda aytilishicha, qariya Germaniya Xalq universitetlari Assotsiatsiyasi Xalqaro hamkorlik institutining (DVV international) O‘zbekiston filiali qoshidagi o‘quv kursini tugatgan.

Assotsiatsiya vakili unga kursni bitirganlik haqidagi sertifikat hamda esdalik sovg‘asini topshirayotib, agar Excel’ni ham o‘zlashtirsa, otaxonga kompyuter hadya etilishini ta’kidlagan.

Mazkur yangilikni ijtimoiy tarmoqda ma’lum qilgan Liliya Nikolenko esa "Balki bu otaxonga kompyuter sovg‘a qiladigan biror savobtalab ishbilarmon topilib qolar. Ehtimol, unga bir umrlik cheksiz internet hadya etuvchi provayder ham chiqib qolar”, — deya umid bildirgan. Shunday qiluvchilar bo‘lsa, ular haqida o‘zi ajoyib hikoya yozishga va’da bergan...

Postga yozilgan izohlarda bu xabar xususida asosan iliq gaplar aytilgan. Internet foydalanuvchisining yozishicha, DVV international O‘zbekiston filiali o‘zi o‘qitish ishlarini olib bormaydi, balki shunday o‘quv markazlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Otaxon esa poytaxtdagi "Korchalon” o‘quv markazida kompyuter kursini tugatganligi, bu dargohda o‘qish istagidagi pensionerlarga imtiyozlar mavjudligini qayd etib o‘tgan.

Yana bir izoh muallifi esa agar o‘zi bu yil o‘qishga kira olsa, otaxonga cheksiz internetni o‘z hisobidan o‘tkazib berishni va’da qilgan.

Kompyuter bo‘yicha o‘qigan otaxonning ism-sharifi va boshqa ma’lumotlar berilmagan.
Категория: Qiziqarli malumotlar | Просмотров: 581 | | Теги: Toshkentda 75 yashar otaxon kompyut | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Fevral 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz