Главная » 2014 » Mart » 29 » Televizor o‘g‘risini uchrashuvga taklif qilib qo‘lga olishdi
07:43
Televizor o‘g‘risini uchrashuvga taklif qilib qo‘lga olishdi
Kaliforniyadagi San-Mateo shahrida restorandan televizor va boshqa elektron anjomlarni o‘g‘irlab ketgan erkak uchrashuvga taklif qilish yo‘li bilan qo‘lga olindi. Bu haqda politsiya ma’lumotlariga asoslanib Patch.com sayti xabar bermoqda. Xabarga ko‘ra, 31 yoshli Kevin Kintanilya jinoyatni amalga oshirganidan keyin oradan ko‘p o‘tmay ushlangan. O‘g‘rining telefon raqamini esa u o‘margan restoran xodimasi berdi. Gap shundaki, Kevin sal avval bu qiz bilan tanishishga uringan va o‘z telefon raqamini berib ketgan.
Politsiyaga yordam berish uchun qiz unga qo‘ng‘iroq qilib, uchrashuvga chaqirdi va jinoyatchini osongina tuzoqqa tushirdi. Kintanilyaning uyidan televizor va boshqa o‘g‘irlangan buyumlar topildi. U bir qancha ayblovlar bilan hibsga olindi.