SHERLAR.BIZ Shanba, 27.04.2024, 18:14
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » May » 13 » SHashqachilarimiz OSIYODA birinchi!
13:48
SHashqachilarimiz OSIYODA birinchi!
Poytaxtimizda shashka bo‘yicha bolalar, o‘smirlar, yoshlar, kattalar va xotin-qizlar o‘rtasida Osiyo chempionati yakunlandi.

Osiyo shashka konfederatsiyasi, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda shashka federatsiyasi hamkorligida tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston, Xitoy, Yaponiya, Mo‘g‘uliston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston singari o‘ndan ziyod davlatdan 200 nafarga yaqin sportchi dona surdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor samarasida yurtimiz yoshlari o‘rtasida shashka ham keng ommalashib, mahoratli sportchilar yetishib chiqmoqda. Bu poytaxtimizda o‘tgan qit’a chempionatida ham o‘z ifodasini topdi.

64 katakli shashka bo‘yicha o‘tkazilgan klassik va blits musobaqalarida mamlakatimiz terma jamoasi 12 oltin, 11 kumush va 12 bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning 100 katakli shashka bahslarida ko‘p karra jahon chempioni Samandar Kalonov yigirma yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida oltin medal sohibi bo‘ldi. Yosh shashkachimiz Ozodbek O‘rmonaliyev ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Iste’dodli shashkachilarimizdan Abdurahmon Sodiqjonov va Husniddin Jiyanboyev bronza medal bilan taqdirlangan bo‘lsa, Saidqosim Aliyev blits turnirda kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Yigirma yoshgacha bo‘lgan qizlar bahsida jahon chempionati sovrindori Shahzoda Tursunmurodovaga teng keladigani topilmadi. Iqtidorli sportchimiz sakkiz partiyadan 13 ochko jamg‘arib, Osiyo chempioni bo‘ldi. Xumora Xoliqberdiyeva blits musobaqada uchinchi o‘rinni egalladi.

Osiyo chempionatida jami 15 oltin, 12 kumush va 15 bronza medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin qozog‘istonlik shashkachilarga nasib etgan bo‘lsa, xitoylik sportchilar uchinchi o‘rin bilan kifoyalandi.
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 781 | | Рейтинг: 5.0/5
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  May 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz