SHERLAR.BIZ Chorshanba, 08.05.2024, 22:32
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
Latifalar [11]
Primyeralar [12]
Mobil telfonlar [197]
Sevgi dunyosi [826]
Qo'shiq matni [94]
Texnogoliyalar [98]
Kino yangiliklari [71]
Jahon yulduzlari [58]
Dunyo xabarlari [706]
Salomatlik sirlari [13]
Sport yangiliklari [589]
O'zbek yulduzlari [130]
Shou biznes olami [575]
Foydali maslahatlar [253]
Taomlar retseptlari [6]
Yulduzlar biografiya [59]
Qiziqarli malumotlar [697]
O`zbekiston Yangiliklari [641]
Munajjimlar bashorati 2017, 2018, 2019 / Мунажжимлар башорати 2017, 2018, 2019 [0]
Yangi qo'shiqlar 2017, 2018 [0]
Yangi mp3lar 2017, 2018 [0]
25-May bitiruvchilar kuni uchun she'rlar [1]
Ramazon tabriklari / Ro'za haqida she'rlar tilaklar [1]
Onalar haqida juda tasirli she'rlar / Manoli / Mazmunli [1]
Do'stlik haqida sherlar / Yaxshi va yomon do'stlar haqida she'rlar to'plami [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » 2013 » Iyul » 21 » Samsung Apple va Google’ga yondosh shtab-kvartira quradi
23:35
Samsung Apple va Google’ga yondosh shtab-kvartira quradi
Samsung Electronics kompaniyasi Kremniy vodiysida zamonaviy bosh ofisini barpo etib, yuksak texnologiyalar bozorida o‘z o‘rnini yanada mustahkamlashni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Mezon.uz.

Tech Crunch nashriyotida berilgan xabarga ko‘ra, loyiha bahosi $300 mln bo‘lib, qurilish 2015-yilda yakunlanadi.

Shtab-kvartira Kaliforniyaning San-Xose shahrida, North First va East Tasman Drive chorrahasidan uzoq bo‘lmagan yerda bunyod etiladi. San-Xose va unga yaqin shaharlarda Apple, Google, Intel, Cisco Systems va yana o‘nlab boshqa yuqori texnologiyalar kompaniyalari joylashgan. Loyiha bilan "Poytaxtlar shahri” (Moskva sitidagi binolar kompleksi) va yana dunyo bo‘ylab o‘nlab mashhur loyihalarni amalga oshirgan NBBJ me’moriy idorasi shug‘ullanadi. 

Unga tegishli saytda yozilishicha, Samsung shtab-kvartirasi 2000 ish o‘rinli markaziy 10 qavatli bino, avtomobillar uchun ko‘p qavatli qo‘yish joyi, texnika jihozlari binosi, ko‘plab kafe va sport maydonchalarini o‘z ichiga oladi.

Asosiy bino dizayni metal, shisha va terrakota (pishirilgan loy) asosida bo‘lib, 2 bo‘limdan iborat bo‘ladi. Birinchi bo‘lim izlanishlar va tadqiqotlar, ikkinchi bo‘lim esa sotuv ishlarini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan. Bo‘limdan bo‘limga o‘tish ichki maxsus maysazorlashtirilgan hovli orqali bo‘lib, bu xodimlarni tabiat bilan hamnafaslikda bo‘lishini ta’minlaydi.

Ushbu kompleksni zamonaviy ekologik standartlar asosida qurish rejalashtirilgan. Avtomobillarni qo‘yish joyi tomi ustida quriladigan quyosh batareyasi elektr quvvati bilan ta’minlab berishda xizmat qiladi, asosiy bino devorlarida qo‘llaniladigan maxsus konstruksiya esa quyosh nurlaridan isib ketishning oldini olib, xonani salqinlatish uchun ketadigan quvvatni tejaydi. Tashqi tomondan o‘rnatilgan katta derazalar esa xonani tabiiy nur yordamida yoritishni ta’minlaydi. 

Bugungi kunda mavjud bo‘lgan Samsungning Shimoliy Amerikadagi shtab-kvartirasi ham San-Xoseda joylashgan bo‘lib, North First ko‘chasidagi ko‘zga tashlanadigan binolari safidan chetda qolgan.

Yangi shtab-kvartira Samsungning Amerika iqtisodiyotiga kiritayotgan birinchi katta investisiyasi emas, zero shu yilning aprel oyida kompaniya Silikon vodiysida qiymati $100 mln bo‘lgan venchur fondi (yangi loyihalar bilan ishlashga qaratilgan investitsiya fondi) ni ochgan edi.
Категория: Dunyo xabarlari | Просмотров: 770 | | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Календарь
«  Iyul 2013  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031
Архив записей
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz