Главная » 2013 » Yanvar » 5 » O'zbekiston termasi iyunoyida Xitoyga qarshimaydonga tushadi
06:17
O'zbekiston termasi iyunoyida Xitoyga qarshimaydonga tushadi
O'zbekiston termasi iyun oyida Xitoyga qarshi maydonga tushadi O'zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2014 saralash 4-bosqich "A" guruhi o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rish maqsadida 2013 yilning iyun oyida o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. O'zbekiston milliy terma jamoasi 2013 yilning iyun oyida JCh-2014 saralash 4- bosqich "A" guruhi o'yinlari doirasida so'nggi o'yinlarni o'tkazadi. Jumladan, o'zbekistonlik futbolchilar 11 iyun kuni Janubiy Koreya mehmoni bo'lishsa, 18 iyun kuni Toshkentda Qatar terma jamoasini qabul qiladi. Ushbu o'yinlar arafasida O'zbekiston milliy terma jamoasi nazorat-o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. O'zbekistonlik futbolchilar 6 iyun kuni safarda Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Bu haqda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov ma'lum qildi. O'zbekiston va Xitoy terma jamoalari shu kungacha o'zaro 8 marta maydonga tushgan bo'lib, ushbu o'yinlardan 3 tasi Osiyo Kubogi final bosqichi o'yinlari, 2 tasi jahon chempionati saralash bahslari doirasida bo'lib o'tgan, ikkita o'yin esa o'rtoqlik o'yinlari maqomida o'tkazilgan. Terma jamoalar, shuningdek, 1994 yilgi Osiyo O'yinlari finalida ham to'qnash kelgan bo'lib, unda O'zbekiston terma jamoasi 4:2 hisobida tarixiy g'alabani qo'lga kiritgan, deb yozadi O'FF matbuot xizmati. O'tkazilgan 8 ta uchrashuvning 4 tasida O'zbekiston, 3tasida Xitoy g'alaba qozongan, bir uchrashuvda durang natija qayd etilgan. To'plar nisbati – 13:10, O'zbekiston foydasiga. Terma jamoalar o'rtasidagi oxirgi o'yin 2011 yil Xitoyning Kunmin shahrida o'tkazilgan bo'lib, unda O'zbekiston milliy terma jamoasi 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan.