Главная » 2013 » Dekabr » 13 » Nokia 2014-yilda Android smartfoni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
08:56
Nokia 2014-yilda Android smartfoni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Bugun The Verge nashri Finlyandiyaning Nokia kompaniyasi Android operatsion tizimida ishlaydigan Nokia Normandy smartfoni ustida ish olib borayotganini tasdiqladi. Bu haqda UzReport xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon xuddi Amazon Kindle Fire planshetlari singari Androidning kuchli o‘zgartirilgan versiyasida ishlaydi. Nokia Normandy smartfonida Google Play Store do‘konidagi ommabop dasturlarning ko‘pchiligini ishga tushirsa bo‘ladi. Buning ustiga, smartfon juda arzon narxga sotilishi rejalashtirilmoqda.
Xabar berilishicha, hozir mazkur loyiha ustida ish boshlab yuborilgan. Smartfonni 2014-yilda e’lon qilish rejalashtirilmoqda, biroq Microsoft tomonidan fin mobil bo‘limining sotib olishi haqidagi shartnomadan so‘ng Normandy taqdiri qanday kechishi hali noma’lum.