Статистика |
Hozirda saytda: 1 Mexmonlar: 1 Foydalanuvchilar: 0 |
|
Главная » 2013 » Avgust » 18 » "Nihol" muborak Dilso'z, Sherzodbek, Umidahon
02:54 "Nihol" muborak Dilso'z, Sherzodbek, Umidahon |
Bugun Nihol mukofoti sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Estradamizning yosh va navqiron yulduzlari Dilso'z, Umidahon va Sherzodbek kabi o'z o'rniga ega bo'lgan ijodkorlarimiz ham Nihol mukofotiga sovrindor bo'lishdi. Biz ularni chin dildan tabriklaymiz. Bunday yutuqlarni ko'piga erishishlarini tilab qolamiz. Shu bilan ular o'z ustozlarini ham el-yurt oldida yuzlarini yorug' qilishdi. Bu ish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Barchamizga birdek ma'lumki, serqirra ijodkor Sardor Rahimhon nihol mukofoti sovrindori Dilso'zning ustozi. Ularning gaplariga qaraganda kimlardir Dilso'z ushbu mukofotni qo'lga kirita olmasligini aytib, hattoki kulgan vaqtlari ham bo'lgan ekan. Lekin bugun u ustozini yuzini el-yurt oldida yorug' qildi. Endilikda sovrinni qo'lga kiritgan Dilso'zni ko'rib, o'sha "kimdirlar" mag'lubiyatdan so'ng qay ahvolga tushgan ekan... Yaxshi niyat bilan bir ishga yoki maqsadga qo'l urdingmi, senga albatta omad kulib boqadi. Hasadgo'y kimsalar esa niyatiga erisholmay aro yo'lda qoladi. Biz nihol mukofoti sovrindorlarini barchasini jumladan Dilso'z , Umidahon va Sherzodbeklarni chin dildan qutlab qolamiz.
|
Категория: Shou biznes olami |
Просмотров: 629 |
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
|