Главная » 2013 » Dekabr » 3 » Kristian Telo: Agarda yetarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmasam, "Barselona"dan ketaman
20:53
Kristian Telo: Agarda yetarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmasam, "Barselona"dan ketaman
"Barselona" hujumchisi Kristian Telo mavsum oxirida kataloniyaliklar safidan ketishi mumkinligini aytib o'tdi.
"Ko'ramiz, mavsum davomida qanday o'zgarishlar bo'lar ekan. Agarda o'zim istaganimda maydonga tushib turmaydigan bo'lsam, boshqa klubga o'tib ketishni rejalashtirmoqdaman.
Men uchun bunday qaror qabul qilish og'ir bo'ladi. Ammo jamoadagi har bir futbolchining tutgan o'rnini hurmat qilish lozim. Vaqt o'tgani sari ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istarkansan", - deydi futbolchi.