Главная » 2013 » Dekabr » 1 » Karlo Anchelotti: Men Serxio Ramosning ketishiga yo'l qo'ymayman
09:24
Karlo Anchelotti: Men Serxio Ramosning ketishiga yo'l qo'ymayman
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa himoyachisi Serxio Ramosni tarkibda saqlab qolishini ta'kidlab o'tdi.
"Mening Serxio Ramos bilan hech qanday muammom yo'q. Uni maydondan chetlatishganda, shunchaki bunday narsalardan uzoq yurishi lozimligini aytdim. U ham xato qiladi, bu odatiy holat. Hamma ham adashadi. Ramos jamoamiz uchun muhim ahamiyatga ega futbolchi va ertaga maydonga tushadi.
Men klub prezidenti bilan ko'p muloqotda bo'laman va u menga Serxioning ketishi borasida hech narsa degani yo'q. Ularning qanday munosabatda ekanini bilmayman, ammo prezident har bir futbolchiga yaxshi munosabatda bo'ladi.
Ramosning ketishiga yo'l qo'yaman. Yana bir marta aytaman yo'l qo'ymayman. U dunyoning eng kuchli markaziy himoyachilaridan biri va bizga bunday futbolchi juda ham kerak", - deydi murabbiy.