Futbol bo‘yicha 2014-yilgi jahon chempioni bo‘lgan Germaniya terma jamoasi a’zosi Kristof Kramer Bundesligada maydon markazidan turib avtogol muallifiga aylandi.
Myonxengladbax “Borussiya”si yarim himoyachisi Dortmundning “Borussiya”siga qarshi kechgan o‘yinning 58-daqiqasida o‘z darvozasini ishg‘ol qildi.
Kramer maydon markazida to‘pni qabul qilib oldi va uni darvozabonga uzataman deb, avtogol muallifiga aylandi. Mazkur gol o‘yin taqdirini hal qildi: uchrashuv 1:0 hisobida Dortmund “Borussiya”si g‘alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, Myonxengladbax “Borussiya”si turnir jadvalining uchinchi pog‘onasini band etdi.
|