Bugun erta tongda 2014 yili Braziliyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatining barcha ishtirokchilari nomi ma'lum bo'ldi.
Janubiy Amerika vakili bo'lgan - Urugvay termasi Iordaniyaga qarshi javob uchrashuvida 0:0 hisobini qayd etdi. Birinchi uchrashuvdagi 5:0 hisobi Suares vatandoshlariga Braziliya chiptasini taqdim etdi.
Shunday qilib, Jahon chempionatining final bosqichiga chiqqan 32 terma jamoalarning ruyxati bilan qo'yida tanishib chiqishingiz mumkin:
Yevropa: Rossiya, Gollandiya, Italiya, Ispaniya, Angliya, Germaniya, Portugaliya, Frantsiya, Shveytsariya, Belgiya, Bosniya va Gertsegovina, Gretsiya, Xorvatiya. Jabuniy Amerika: Braziliya, Argentina, Kolumbiya, Chili, Ekvador, Urugvay. Osiyo: Avstraliya, Iran, Yaponiya, Yujnaya Koreya. Afrika: Nigeriya, Kamerun, Jazoir, Gana, Kot-d′Ivuar KONKAKAF: AQSh, Kosta-Rika, Gonduras, Meksika.
Qo'shib o'tish joiz, JCh-2014 guruh bosqichiga qur'a tashlash marosimi 6 dekabr kuni bo'lib o'tadi.
|