SHERLAR.BIZ Shanba, 04.05.2024, 08:28
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
It yili [1]
Ot yili [2]
Ilon yili [2]
Qo'y yili [2]
Quyon yili [2]
To'ng'iz yili [1]
Sichqon yili [2]
Yo'lbars yili [2]
Maymun yili [2]
Ho'kiz (Sigir) yili [2]
Xo'roz (tovuq) yili [2]
Ajdarho (baliq) yili [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 2
Mexmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Каталог сайтов » MUCHALAR » Sichqon yili

"Sichqon muchal" yilida tug'ilganlar
06.01.2017, 20:50
1924, 1936, 1948, 1960, 1972, 1984, 1996, 2008 yillarda tavallud topganlar
Sichqon muchali yilida tug'ilganlar xarakteriga xudbinlik o'z xuzur-halovatini ko'proq ko'zlash xos bo'lib, o'z juftining hissiyotlari, qiziqishlari va ehtiyojlari bilan u qadar ishlari yo'q. Tasodifiy uchrashib qolgan ayol bilan esa faqat jismoniy va jinsiy ehtiyojini qondirish bilangina cheklanadi. Haqiqiy sevganini uchratmagunicha tinchimaydi. Chin muhabbati orqaligina o'zligini namoyon etadi. Shundagina u muloyim va ta'sirli bo'la oladi. Sichqon yilida tug'ilganlar tashqi ko'rinishlaridan yoqimtoy bo'ladilar. O'zlarining hayoti davomida maqsad sari intiluvchan, tartibli, tejamkor, mehnatsevar, o'zining xususiy mulkiga, boylikka ega bo'lishga intiladilar. Sevgan kishisiga esa saxiy bo'ladilar. O'zlarini boshqara olsalar-da, tez g'azablanadigan bo'ladilar. Hayotiy, turmush yumushlarida anchayin maydakash va izattalabdirlar. Hayoti davomida o'z maqsadlariga erishadilar. Ular halol-pok va vijdonli kishilardir. Sichqon muchalida tug'ilganlar o'z davrining xurmatli kishilari sanaladilar. Ushbu muchal yilida tavallud topganlar hokimiyatga intiluvchi, ayyor, mansab pillapoyalarining eng yuqori cho'qqisiga intiluvchan bo'ladilar. O'z maqsadiga yetishlari uchun hech qachon to'g'ridan-to'g'ri harakat qilmaydilar, balki eng qisqa va xavfsiz yo'lni tanlaydilar. Ularning ichida ahmoqlari deyarli bo'lmaydi. Aqiliy jihatdan yaxshi rivojlangan bo'lib, ehtirosga berilmaydilar. Shuning uchun ular atrofidagi yor-u do'stlari, oila a'zolari va qarindosh-urug'larining histuyg'ularini u qadar tushuna olmaydilar. Hayotda allaqachon foydalanilmay qolgan narsalarini ham ehtiyotlab, saqlaydilar. O'zlari uchun zarur bo'lgan narsalar uchun esa ayamay pul sarf qilishga qodirlar. Sevgi-muhabbat bobida ular xudbinlikka moyildir. Mazkur muchaldagilar bilan turmush qurganlar hech qachon nochor ahvolga tushmaydilar, chunki ularning uyida doi­mo zarur yegulik va pul bo'ladi.

Sichqon muchalidagi erkaklar: ular tabiatan juda yelpatak, kirishimli va do'stlashuvchandir. Sevgi bobida shunchalar chuqur «sho'ng'iydilarki», boshqa hech narsa ularni qiziqtirmasligi mumkin. Ulardagi bunday xususiyat hayotda ko'plab sevgi sarguzashtlarini boshlaridan kechirishiga sabab bo'ladi. Bunday xatti-harakatlarning oxir oqibati nikoh bilan yakun topadi.
Sichqon muchalidagi ayol(qiz)lar: doimo o'zlarining kelajagi to'g'risida qayg'uradilar. Keraksiz bo'lgan narsalarni to'plash bilan ovora bo'lishadi. O'z oilaviy turmushlarida mol-dunyoni juda sevib, o'zlari ustidan nazorat qilishlarini yoqtirmaydilar. Ularning aql tarozusida, dunyo qarashida boshqalar ustidan hukmron bo'lishdan boshqacha holatda bo'lish, ahmoqlikdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydilar. Sichqon muchali sohbalari jinsiy jozibaning mujassamlashgan timsolidirlar. O'zlarining ochiqligi boshqalarni o'zlariga ohanrabodek tortishlari bilan hammaning, ayniqsa, erkaklarning diqqat-e'tiborida bo'ladilar. Chunki mazkur muchal bekalari topqir, kirishimli, barcha bilan do'stlashuvchan bo'lib, ularning do'stlari, ayniqsa, xushtorlari ko'p bo'ladi. Mazkur xonimlar ajoyib uy bekalari hamdir. O'z uyiga, oila a'zolariga juda ham e'tiborldirlar.
Переходов: 0 | Рейтинг: 0.0/0 | Теги: Sichqon muchal yilida tug'ilganlar
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz