SHERLAR.BIZ Shanba, 18.05.2024, 08:11
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
It yili [1]
Ot yili [2]
Ilon yili [2]
Qo'y yili [2]
Quyon yili [2]
To'ng'iz yili [1]
Sichqon yili [2]
Yo'lbars yili [2]
Maymun yili [2]
Ho'kiz (Sigir) yili [2]
Xo'roz (tovuq) yili [2]
Ajdarho (baliq) yili [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 5
Mexmonlar: 5
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Каталог сайтов » MUCHALAR » Quyon yili

Quyon yili
07.09.2013, 23:18
QUYON YILI. Ushbu yilda tavallud topganlar o`ziga xos xislatlarga ega bo`lib, qobiliyatli, izzattalab, kamtarin, bosiq va saxovatli kishilardir. Benuqson didlari bilan ajralib turadilar, hammaning tahsiniga va ishonchiga sazovor bo`ladilar. Biroq jiddiy kamchiligi yengiltaklik bo`lib, hatto eng yaxshi xislatlari ham yuzakidir. Bundan tashqari, g`iybat qilishni, gap tashishni yaxshi ko`rishadi, lekin buni kishi bilmas holda, xushmuomalalik va ehtiyotlik bilan amalga oshirishadi. Odatda, vazmin va tepsa-tebranmas bo`lganligidan, ular tinchini buzish qiyin. Ularda haqiqiy hissiyotdan ko`ra, tantiqlik kuchli. Arzimas bahona bilan yig`lashlari mumkin, lekin shu zahotiyoq ovunib qolishadi. Odatda, ularning hammasi mutaassib bo`lib, hayot tarzlariga putur yetkazadigan, uni qiyinlashtiradigan har qanday yangilikka toqatlari yo`q. Eng avval badastir xavf-xatarsiz yashashga intiladi. Oldindan "yaxshi" va "yomon" tomonlarini jamlab ko`rmaguncha, hech bir ishga qo`l urishmaydi. Ajoyib ishchanlik qobiliyatiga ega kishilardir. Garchi, ba'zan o`taketgan rasmiyatchi bo`lishsa-da, halol va o`z so`zlarining ustidan chiqishadi. Iqtisodiy jihatdan hamisha omadlari yurishadi, o`ylagan ishlarini amalga oshirishda epchillik ko`rsatishadi. Ulardan ajoyib ishbilarmon kishilar yetishib chiqadi. Hayotlari tahlika ostida qolmasa, iste`dodli huquqshunos yoki diplomat ham bo`lishlari mumkin. Bu muchalda tug`ilgan ayollar did, mehmondo`stlik va yaxshi vakillik talab qilinadigan har qanday sohada o`zini ko`rsatishi mumkin. Umuman, ushbu yilda tavallud topganlar o`zlari yoqtirgan odamlarga nisbatan juda xushmuomala va xizmatiga shaydirlar, lekin do`stlar manfaatiga xizmat qilaman deb, eng yaqin kishilaridan judo bo`lishlari oson. Agar ular favqulotda hodisalarga, fojeali voqealarga, yengib o`tib bo`lmas to`siqlarga duch kelishmasa, butun umr osoyishta yashashadi.
Переходов: 0 | Рейтинг: 4.9/28 | Теги: Quyon yili
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz