SHERLAR.BIZ Shanba, 04.05.2024, 04:02
Приветствую Вас Mehmon | RSS
Меню сайта
Категории раздела
It yili [1]
Ot yili [2]
Ilon yili [2]
Qo'y yili [2]
Quyon yili [2]
To'ng'iz yili [1]
Sichqon yili [2]
Yo'lbars yili [2]
Maymun yili [2]
Ho'kiz (Sigir) yili [2]
Xo'roz (tovuq) yili [2]
Ajdarho (baliq) yili [1]
Наш опрос
Sayt haqida fikringiz
Всего ответов: 284
Мини-чат
Статистика


Hozirda saytda: 1
Mexmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Главная » Каталог сайтов » MUCHALAR » Quyon yili

Quyon muchal" yilida tug'ilganlar
06.01.2017, 20:46
1903, 1915, 1927, 1939, 1951, 1963, 1975, 1987, 1999, 2011 yillarda tavallud topganlar
Quyon muchali Sharq taqvimida xotirjamlik ramzidir. Mazkur muchal yilida tug'ilganlar o'zlariga xos xislatlarga ega bo'lib, qobiliyatli, izzattalab, sodda, kamtarin, sipo, bosiq kamsuqum, ochiqko'ngil, sahovatli va barchaga yoqimli bo'ladilar. Ular nozik did egalaridir. Ko'pchilik orasida bo'lishni yoqtiradilar va ularni hamma yoqtirib, qabul qiladi. Ular ko'pchilikning olqishidagi, ishonchidagi odamlardir.Quyon muchalida tug'ilganlar o'ta sezgir bo'lib, boshqalarning mushkulini xech qanday manfaat talab qilmasdan yengillashtirishga urinadilar. Jiddiy kamchiliklari: g'iybat qilishni yoqtirib, kim bo'lsa ham soatlab gaplashib turaveradilar. Lekin g'iybatni ochiq-oydin emas, kishi bilmas, ehtiyotkorlik va xushmuomalalik bilan amalga oshirishadi. Odatda, og'ir-vazminliklari bois, ular tinchini buzish qiyin. Ammo arzimas bahonalar bilan yig'lashlari, arazlashlari, gina-qudurat qilishlari ham mumkin. Shunday bo'lsada, tez yupanadilar va ovunadilar. Hayot tarziga putur yetkazadigan, uni qiyinlashtiradigan har qanday yangilikka toqatlari yo'q. Badastir va xavf-xatarsiz yashashga intiladilar. Ular ajoyib ishchanlik qobiliyatiga ega serg'ayrat kishilar bo'lib, Halol va o'z so'zlarining ustidan chiqadilar. Mazkur muchal yilida tug'ilganlarning xuquqshunoslik iqtisod, ta'lim-tarbiya, siyosat kabi soxalardagi faoliyati ko'plab muvaffaqiyatlarga olib keladi. Ayollar esa ishvali, kelishgan bo'ladilar.
Quyon muchalidagi erkaklar: Quyon muchalida tug'ilgan erkaklar tabiatan ishbilarmon, tadbirkor va omilkor bo'ladilar. Ular tadbirkorlik ishlarida uddaburon bo'lib, pul ularni «yaxshi ko'radi». Mazkur muchaldagilarning eng katta kamchiligi: maishatga, ichkilikka berilishidir. Ba'zilari xaddan ortiq ichkilikka, maishat, ulfatchilik qilishga berilishi oqibatida ulardagi bor qobiliyat, iste'dod ham yo'qqa chiqadi.Quyon muchali sohiblari doimo ayollar ta'siri, domiga osonlik bilan tushadilar va bunga o'zlari yo'l qo'yib beradilar. Yoqtirgan bir necha ayollaridan qaysi birini tanlashga ham uquvlari yetmaydi yoki buni o'zlari xoxlamaydilar va xammasi bilan ishqiy muloqotda bo'lishni istaydilar. Shuni yaxshi anglashlari lozimki, bunday «og'ir vazifani» bajarishga doimo ham qodir bo'lavermaydilar, ayniqsa, yoshlari o'tib borgani sari.
Quyon muchalidagi ayol(qiz)lar: Mazkur ayol(qiz)lar qulay sharoit tug'ilishi bilanoq o'zlarining madaniyatini, qobiliyatini namoyon qila boshlaydilar. O'zlari yoqtirgan soha, mutaxassislikni yoki biror predmetni qunt bilan o'rganadilar va olgan bilimlari, iste'dodi bilan atrofidagilar o'rtasida yarq etib ko'zga tashlanishga mushtokdirlar. Hayot uchun yanada muhimroq bo'lgan boshqa jihatlarni esa mutlaqo anglamasliklari mumkin. Quyon muchalidagi ayol(qiz)lar do'stlashuvchan, oila a'zolariga nisbatan g'amxo'r, mehribon, jonkuyar va og'ir-bosiq bo'ladilar. Og'ir uy ishlarini bajarishlari bilan kitob o'qishga va do'stlarining ko'nglini olishga ham vaqt topa oladilar. Ularda nozik ta'b, xazil-mutoyibaga moyillik va artistlik qobiliyati ham yaxshi rivojlangandir.
Переходов: 0 | Рейтинг: 0.0/0 | Теги: Quyon muchal yilida tug'ilganlar
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Вход на сайт

Ro'yxatdan o'tish
Parolni unutdingizmi?
Поиск
Друзья сайта
  • Официальный блог
  • Сообщество uCoz
  • FAQ по системе
  • База знаний uCoz
  • Copyright MyCorp © 2024Хостинг от uCoz